+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

TTA Urganch filiali talaba – yoshlari Rossiya Federatsiyasining Astraxan davlat tibbiyot universitetida o’tkazilgan Xalqaro olimpiadada birinchi o’rinni egalladilar!

2019-yilning 11-12 aprel kunlari Rossiya Federatsiyasining Astraxan viloyatidagi Astraxan davlat tibbiyot universitetida tashkil qilingan “Shoshilinch holatlarda tez tibbiy yordam ko’rsatish” Xalqaro olimpiadasida Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali talabalaridan iborat jamoa faol qatnashib, faxli birinchi o'rinni qo’lga kiritdilar.

 

Mazkur olimpiadada dunyoning 5 ta davlatidagi nufuzli tibbiyot oliygohlaridan tashrif buyurgan talaba – yoshlar ishtirok etishdi.

 

Ushbu bellashuvda TTA Urganch filiali dotsenti Z.F.Djumaniyazova hamda V.R.Rahmanovalar rahbarligida Davolash fakultetining talabalari Ismoilov Anvarbek Ulug’bek o’g’li (404-“A”),  Asqarov Adhambek Azamat o’g’li (604-“A”), Ismoilov Muzaffar Ulug’bek o’g’li (604-“A”), Kim Andrey Rudolfovich (604-“A”) hamda Djumabaev Ruslan Rashidovich (604-‘A”) lar  sohaga oid bilim va mahoratlarini namoyish etdilar.

 

Tanlov g‘oliblarini tanatanali taqdirlash marosimida filialimiz talabalarining nomi e’lon qilinib, ularga birinchi darajali diplom va g‘oliblik sertifikatlari topshirildi.









TTA Urganch filiali

Matbuot kotibi S.R.Sotimboyeva

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.