+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

TTA Urganch filialida G’azal mulkining sultoni Nizomiddin Mir Alisher Navoiyning 578 yillik tavalludiga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi

2019-yilning 8-fevral sanasida TTA Urganch filialida har yili an’anaviy tarzda o’tkazib kelinayotgan “Navoiyxonlik” kechasi tashkil qilindi.

 

Unda atoqli shoir va dramaturg Komil Avaz, filial Ma’naviyat va ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi, professor-o’qituvchilar, ARM hodimlari, filial talabalari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.      

 

Tadbirda qatnashganlar Navoiy ijodiga to’xtalishib, uning g’azallaridan namunalar o’qishdi shuningdek, “Navoiy va Lutfiy” hikoyasi hamda Uyg’un va Izzat Sultonning “Navoiy” dramasi asosida sahnalashtirilgan sahna asarlarini mahorat bilan ijro etishdi.

 

Madaniy tadbir davomida Navoiy g’azallari asosida ijro etilgan lirik qo’shiqlar  talabalarga  ma’naviy ozuqa ulashdi.

 

Bo’lib o’tgan tadbirda atoqli shoir va dramaturg Komil Avaz A.Navoyining qoldirgan boy ma’naviy merosi borasida alohida to’xtalib o’tdi hamda iqtidorli yoshlarimizning bilim va zukkoliklarini munosib  baholadi.

 

Bunday madaniy va ma’rifiy tadbirlar  yoshlarimiz ongiga yanada milliyligimizni targ’ib qilish bilan birga, ularning qalbida buyuk bobokalonimizning hayoti va  ijodiga bo’lgan mehrlarini hamda qiziqishlarini yanada oshirdi desak mubolag’a bo’lmaydi.





TTA Urganch filiali

Matbuot kotibi S.R.Sotimboyeva

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.