+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

“Giyohvandlik-inson umrining zavoli”

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida  yoshlar orasida giyohvandlik va narkotik moddalar bilan bog’liq jinoyatlarning sodir etilishini oldini olish yuzasidan 2019-yil 8-fevral sanasida  “Giyohvandlik-inson umrining zavoli”  mavzusidagi uchrashuv tadbiri o’tkazildi.

 

Tadbir oldidan filial faesida ARM kutubxonachilari tomonidan  giyohvandlikka qarshi kitoblar ko’rgazmasi tashkil qilindi.

 

Mazkur tadbirda Xorazm viloyat Narkologiya dispanseri narkolog shifokori F.Atajanov, TTA Urganch filiali Asab va ruhiy kasalliklari kafedrasi o’qituvchisi Sh.J.Ahmedov va assistent B.B.Ibadullayev, Ma’naviyat va ma’rifat, iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi xodimlari, ARM kutubxonachi-xodimlari, filial professor-o’qituvchilar va talabalar hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.

 

Tadbir davomida giyohvandlik dunyo miqyosida global muammo sifatida tan olinganligi, uning salbiy omillariga nisbatan har qachongidanda sergakroq turishimiz darkorligi taqozo etayotganligi hamda bugungi kunda mamlakatimizda bu masala yuzasidan bir qator targ’ibot tashviqot ishlari olib borilayotgani xususida maruzachilar tomonidan fikrlar bildirildi.

 

Shuningdek, filialning 522-A,B,S guruh talabalari tomonidan “Sog’lom turmush tarzi tarafdarimiz” mavzusida chiqishlar namoyish etildi.

 

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan bir qator savollarga mutaxassislar tomonidan javob oldilar.




TTA Urganch filiali

Matbuot kotibi S.R.Sotimboyeva

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.