+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

TTA Urganch filiali talabalari Navoiyxonlik kechasida

2019-yilning 6-fevral sanasidaa Xorazm viloyati Axborot – kutubxona   markazida Xorazm viloyat matbuot va axborot boshqarmasi O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi va Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali bilan hamkorlikda Alisher Navoiyning 578 yilligi munosabati bilan “Alisher Navoiyni anglash o’zlikni anglash baxti” mavzusida tadbir o’tkazildi.

 

Ushbu tadbirda Alisher Navoiy xazratlarining she’riyat mulkining sultoni deb bejiz aytilmaganligi va bizga bebaho meroslarini qoldirganligi hamda talabalarning shunday daho insonning farzandlari ekanligidan faxrlanishi kerakligiga alohida urg’u berib o’tildi.  

 

Shuningdek, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali psixologi Dilfuza Avazyazova tashabbukorligida filialning 1-bosqich  Oliy hamshiralik ishi yo’nalishining 131 “A”, “B” guruh talabalari ushbu tadbirda faol ishtirok etib, Alisher Navoiy g’azallaridan parchalar o’qib berdilar.  

 

Tadbir yakunida Navoiy g‘azallarini kuyga solib kuylanishi tadbirga yana ham joziba qo‘shdi.  



TTA Urganch filiali

Matbuot kotibi S.R.Sotimboyeva

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.