+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

TTA Urganch filiali va Qirg’iziston Respublikasining Jalal-Abad Xalqaro iqtisodiyot universiteti hamkorlik shartnomasini imzoladi

2019-yilning 6-fevral sanasida Qirg’iziston Respublikasining Jalal-Abad shahrida joylashgan K.Sh.Toktomamatov nomidagi Xalqaro iqtisodiyot universitetining professor-o’qituvchilari A.A.Arzibaev, A.A.Xamrabaev, B.K.Atakanov, T.A.Jorjoevlar TTA Urganch filialida xizmat safarida bo’lib, filial rahbariyati bilan uchrashuv o’tkazdilar.

 

Uchrashuvda Qirg’izistonning Jalal-Abad shahrida joylashgan K.SH.Toktomamatov nomidagi Xalqaro iqtisodiyot universitetida yangi yo’nalish sifatida tashkil qilingan tibbiyot fakultetini rivojlantirish bo’yicha filial bilan har tomonlama aloqalarni mustahkalash xususida hamda filial professor-o’qituvchilari tomonidan ma’ruzalar, mahorat darslari va seminarlar tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.

 

Shuningdek, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida Qirg’izistonlik talabalarning 2019-o’quv yilidan filialimizda  tahsil olishi yuzasidan takliflar bildirildi va shu asosida hamkorlik shartnomasi imzolanildi.



 

TTA Urganch filiali

Matbuot kotibi S.R.Sotimboeva

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.