+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

TTA Urganch filialida “Oliy taʼlimni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari: xalqaro tajribalar va Oʻzbekiston amaliyoti” mavzusida seminar o’tkazildi!

Mamlakatimizda oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, o‘qitishning zamonaviy shakl va texnologiyalarini joriy etish, mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ixtisoslik yo‘nalishlarini takomillashtirish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. 

TTA Urganch filialida 2019-yilning 7-yanvar sanasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, nutqlari hamda normativ me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati  hamda ahamiyatini respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilari ongiga singdirish maqsadida “Oliy taʼlimni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari: xalqaro tajribalar va Oʻzbekiston amaliyoti” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminarda pedagoglarning ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta’lim tizimida ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, ularning akademik ilm-fan bilan integratsiyasini kuchaytirish, professor-o‘qituvchilar tarkibining ilmiy faoliyati samaradorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.  

TTA Urganch filiali

Matbuot kotibi S.R.Sotimboyeva

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.