+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

TTA Urganch filialida 5-sonli Ilmiy Kengash majlisi bo’lib o’tdi!

TTA Urganch filialida 2018-yilning 28-dekabr sanasida  navbatdagi 5-sonli  Ilmiy Kengash majlisi bo’lib o’tdi.

 

Ilmiy Kengash kun tartibida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha direktor o’rinbosari D.Yu.Botirovning “Filialdagi ilmiy ishlarning 2018-yildagi yakunlari, 2019-yildagi rejalari” to’g’risida hamda Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i E.N.Alimovning “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash” yili Davlat dasturi asosida filialda amalga oshirilgan ishlar xususidagi hisoboti, “Normal fiziologiya va axborot texnologiyalari kafedrasi hamda Tillar kafedrasining professor-o’qituvchilarning faoliyati” yuzasidan Kafedra mudirlari, t.f.n. B.S.Rahimov va dotsent D.Sh.Olimovalarning axboroti, shuningdek, Klinik anatomiya va marfologiya kafedrasi assistenti O.F.Xodjamurotovning “Hindiston Respublikasiga xizmat safari to’g’risidagi ma’lumoti va turli masalalar ko’rib chiqildi.

 

Bundan tashqari, Tillar kafedrasining katta o’qituvchisi Atajanova Anna Shamuratovnani Chexiya davlati “Istiqbol plus” innovatsion markazi tomonidan o’tkazilgan “Mening kasbim-pedagog” xalqaro ijodiy tanlovida “Rus tili fanini o’qitishda AKTni qo’llash (iSpring Quiz Maker dasturi bo’yicha)” mavzusida qilgan prezentatsiyasi bilan ishtirok etib faxrli 1-o’rinni egallagani, diplom va medal bilan taqdirlanganligi hamda Davolash fakulteti talabalari Alimova Mahliyo Ibn Sino davlat stipendiyasiga,  Nurullayev Bobur Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasiga va Jumaniyazov Sarvar O’zbekiston Vrachlar assotsiatsiyasi stipendiyasiga sazovor bo’lganliklari munosabati bilan taqdirlash marosimi o’tkazildi.





TTA Urganch filiali

Matbuot kotibi S.R.Sotimboyeva

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.