+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

“Biz yoshlar zararli illatlarga qarshimiz!”

Bugungi kunda insoniyatga jiddiy xavf tug‘dirayotgan Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi –  OITS  hech qaysi mamlakat aholisini befarq qoldirayotgani yo‘q. O‘zbekiston OITSga qarshi kurashga qaratilgan say – harakatlarini har tomonlama qo‘llab – quvvatlayotgan  mamlakatlardan biridir.

Mamlakatimizda ushbu ofatning oldini olishga doir profilaktika chora – tadbirlariga  alohida e’tibor qaratilayotir.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida 2018 – yil 30 – noyabr sanasida “1 – dekabr Butun jahon OITSga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan “Biz yoshlar zararli illatlarga qarshimiz” shiori ostida Tabiiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Z.S.Ollaberganova tashabbuskorligida Pediatriya fakultetining 2 – bosqich talabalaridan iborat 3 ta jamoa ishtirokida bellashuv tashkil etildi.

Mazkur tadbirda filial Ma’naviyat – ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi xodimlari, professor – o‘qituvchilari, talaba – yoshlar hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Bellashuvda jamoalar 3 ta shart asosida o’z iste’dod va mahoratlarini namoyish etdilar. Umumiy hisobda 45 ball bilan “Everest” jamoasi hakamlarning odilona qaroriga ko’ra go’lib deb topildi va filial ma’muriyati tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.

TTA Urganch filiali

Matbuot kotibi S.R.Sotimboyeva

Download Template Joomla 3.0 free theme.


         


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.