+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

“Diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik – jamiyat taraqqiyotining omili!”

Millatlararo totuvlik g‘oyasi umumbashariy qadriyat sanalib, turli xalqlar birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyoti, shu joydagi tinchlik hamda barqarorlikning kafolati bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekiston hududida qadimdan ko‘plab millat va elat vakillari bahamjihat istiqomat qilib kelgan. Ular o‘rtasida asrlar davomida milliy nizolar bo‘lmagani xalqimizning azaliy bag‘rikengligidan dalolatdir. Millatlararo munosabatlarda uyg‘unlik vujudga kelgan mamlakatlarda ko‘pmillatlilik jamiyatning siyosiy – iqtisodiy  rivojlanishiga samarali ta’sir etishi ayni haqiqatdir.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida 2018 yilning 2 – noyabr sanasida “Diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik – jamiyat taraqqiyotining omili!” mavzusida Xorazm viloyat hokimligi mutasaddilari, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Xorazm viloyat vakilligi mas’ullari, OAV xodimlari, TTA Urganch filiali professor-o‘qituvchilari hamda talaba – yoshlari ishtirokida ma’rifiy uchrashuv tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida yurtimizda millatlararo va fuqarolararo totuvlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan yangi g‘oya va tashabbuslar paydo bo‘layotgani tom ma’nodagi do‘stlik qo‘rg‘onining yanada mustahkam bo‘lishiga xizmat qiluvchi omillardan biri ekanliki ta’kidlab o’tildi. Zero, davlatimizning Birinchi Prezidenti I. A. Karimov e’tirof etganidek, “O‘zbekistonning boyliklari ko‘p, lekin bizning eng katta boyligimiz, eng yuksak qadriyatimiz – jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikdir!”.

Uchrashuv yakunida talaba – yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollari bilan tadbirga tashrif buyurgan mutaxassis xodimlarga murajaat qilishdi va yetarlicha javob oldilar.

TTA Urganch filiali

Matbuot kotibi S.R.Sotimboyeva

Download Template Joomla 3.0 free theme.


         


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.