+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

TTA Urganch filiali talabalar kengashida yangiliklar!

2018 – yilning 23 – oktabr sanasida TTA Urganch filialida Talabalar turar joyi masalalariga bag’ishlangan  filial direktori,  O‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, fakulteti dekanlari, Ma’naviyat - ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, Murabbiylar kengashi raisi, filial Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, filial psixologi, filial matbuot kotibi, TTJ Tarbiyachi pedagogi va TTJda istiqomat qiluvchi talabalar ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi.

 

Yig’ilishda TTJ talabalariga ichki tartib-qoidalari bo’yicha ma’lumot berish, TTJ Nizomi hamda filiali direktorining vertual qabulxonasi manzili va unga murojaat tartibi bilan talabalarni tanishtirish, TTJ Talabalar Kengashi, uning raisi va a’zolari nomzodlarini tayinlash, TTJ har bir qavatining sanitariya va gigiyena holati bo‘yicha mas’ullarini, xotin-qizlar qo‘mitasi raisini tasdiqlash hamda TTJ bo‘yicha ichki komissiya tuzish masalalari ko’rib chiqildi.

 

Talabalar Kengashi raisligi hamda a’zoligiga ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylash huquqi asosida nomzodlar saylandi. Saylov natijalariga ko’ra, Talabalar Kengashi raisi – Rashidov Ozod, TTJ Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi – Bisenbayeva  Jamila va Kengash a’zolari – O’rozboyev Normurod, Baxadirov Bexruz, Shonazarov Aziz, Yusupov Sherali, Sulaymanova Mariyalar mas’ul qilib tayinlandi.



 

TTA Urganch filiali

Matbuot kotibi S.R.Sotimboyeva

Download Template Joomla 3.0 free theme.


         


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.