+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

21 – OKTABR – O‘ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGAN KUN

“O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinganiga 29yil to‘ldi. 

O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi va rahnamoligida o‘zbek tiliga huquqiy maqom berish masalasi kun tartibiga qo‘yildi va 1989 – yil  21 – oktabr  kuni “O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida”gi alohida qonuni qabul qilindi.

 

Qonunga asosan eng muhim qadriyatlardan biri hisoblangan til qonun darajasida huquqiy asosga ega bo‘ldi. Bu qonun bilan o‘zbek millatining ma’naviyatini, ruhiyatini, qadrini ko‘rsatadigan muhim omil, ya’ni tilning maqomi huquqiy mustahkamlandi. Mazkur huquqiy asos orqali yangi shakllanayotgan davlatning, hukumatning, uning yangi rahbarining elga, yurtga nisbatan e’tibori, ehtiromi namoyon etildi.

 

Til har bir millatning ulkan boyligi, benazir qadriyati va bebaho mulki hisoblanadi. Har bir xalq, har bir elat, o‘zi hurmat va ehtirom qiladigan tilga ega. Tilda ana shu tilning ijodkori bo‘lgan xalq, elatning tarixi va madaniyati aks etadi. Ayni zamonda, til ijtimoiy taraqqiyotda ulug‘vor ahamiyat kasb etadi.

Til – har bir millat o‘zligining ajralmas belgisidir.

O‘zbek tili – O‘zbekiston Respublikasi aholisining mutlaq ko‘pchiligi bo‘lmish o‘zbek xalqining ona tilidir. U O‘zbekiston birligi va yaxlitligi, jamiyat jipsligining muhim omili hisoblanadi.

O‘zbek tilining naqadar boyligini buyuk shoirlar ishlatgan so‘z zahiralaridan ham bilib olish mumkin: 

Alisher Navoiy – 26035 ta

Aleksandr Pushkin – 21193 ta

Vilyam Shekspir – 20000 ta

Abdurahmon Jomiy – 17600 ta

 

O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan  filialning “Tillar” kafedrasi tomonidan 20 – oktabr  kuni rus guruh talabalari o‘rtasida “Eng savodxon talaba” – diktantlar tanlovi  o‘tkazildi.

Tanlovda 20 nafar talaba ishtirok etib, o‘z savodxonlik darajalarini namoyish etishdi. Tanlov natijasi quyidagicha belgilandi:

1-    o‘rin. Otajanova Nozima. Tibbiy pedagogika yo‘nalishi 142 – A  guruh talabasi.

2-    o‘rin. Ibragimov  Alisher. Tibbiy pedagogika yo‘nalishi 142 – A  guruh talabasi.

3-    o‘rin. Atajanova Shahnoza. Tibbiy profilaktika yo‘nalishi 153 – A  guruh talabasi.

  

G‘oliblar faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.


Download Template Joomla 3.0 free theme.


         


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.