+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

TTA Urganch filialida fakultetlar yetakchiligiga saylov adolatli va ko‘tarinki ruhda o‘tdi!

2018-yilning 12-sentyabr sanasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Pediatriya va Davolash  fakultetlari yetakchiligiga saylov jarayoni ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida fakultetlar yetakchiligiga nomzodlar ko‘rsatilib, ishchi guruh tuzildi, ishlab chiqilgan chora-tadbirlar asosida saylovga puxta hozirlik ko‘rish hamda nomzodlar dasturlarini yoshlar orasida tashviqot qilish ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yildi. Shundan so‘ng, Pediatriya va Davolash  fakultetlari yoshlar yetakchiligiga fakultet dekanatlari va filial yoshlar ittifoqi yetakchisi tomonidan tavsiya etilgan 6 nafar nomzod yig‘ilganlarni o‘z saylov oldi dasturlari va oldiga qo‘ygan maqsadlari bilan yaqindan tanishtirishdi. Ochiq ovoz berish yo‘li orqali o‘tkazilgan saylovda Pediatriya fakultetidan jami 510 nafar (89 %) va Davolash fakultetidan jami 485 nafar (86 %) talaba ishtirok etdi. Saylovchilar tomonidan berilgan ochiq ovozlar natijasiga ko‘ra:

Pediatriya fakultetidan:

  1. Bo‘ryiev Laziz Baxodir o‘g‘lini yoqlab, 68 nafar (11,8 %) saylovchi ovoz berdi;
  2. Mo‘minov Izzat Xudoyor o‘g‘lini yoqlab, 124 nafar (21,6 %) saylovchi ovoz berdi;
  3. Raiхmov G‘olibbek Mirzabek o‘g‘lini yoqlab, 318 nafar (55,5 %) saylovchi ovoz berdi. 

Davolash fakultetidan: 

  1. Azadov Bobur Odilbek o‘g‘lini yoqlab,65 nafar (11,8 %) saylovchi ovoz berdi;
  2. Raximov Kamolbek Tojimurotovichni yoqlab, 119 nafar (20,6 %) saylovchi ovoz berdi;
  3. Artiqov Mirvoxid Mirzoyevichni  yoqlab, 301 nafar (56,5 %) saylovchi ovoz berdi. 

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Pediatriya fakultetidan Raximov G‘olibbek Mirzabek o‘g‘li 55,5 %ovoz bilan, Davolash fakultetidan Artiqov Mirvoxid Mirzayevich 56,5%ovoz bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining yoshlar yetakchiligiga saylandilar.









Filialning Davolash fakultetidan Artiqov Mirvoxid Mirzoyevich 56,5%ovoz bilan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Davolash fakulteti yoshlar yetakchiligiga saylandi


Filialning Pediatriya fakultetidan Raximov G‘olibbek Mirzabek o‘g‘li 55,5 %ovoz bilan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Pediatriya fakulteti yoshlar yetakchiligiga saylandi.

TTA Urganch filiali

Matbuot kotibi S.R.Sotimboyeva

Download Template Joomla 3.0 free theme.


         


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.