+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Innovatsion g’oyalar va texnologiyalar – davr talabi!

“Xalqimiz dunyoqarashida innovatsiya muhitini yaratish eng muhim vazifamizdir. Innovatsiya bo‘lmas ekan, hech bir sohada raqobat, rivojlanish bo'lmaydi.

Bu sohadagi o‘zgarishlarni xalqimizga keng targ‘ib qilmasak, odamlarda ko‘nikma paydo qilmasak, bugungi davr shiddati, fan-texnikaning mislsiz yutuqlari bilan hamqadam bo‘la olmaymiz. Shuning uchun ushbu faoliyatni zamon talablari darajasida rivojlantirish yangi vazirlik, qolaversa, ushbu markazning asosiy vazifasi bo‘lishi kerak”.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

 

2018 yilning 6-oktabr sanasida Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida  Innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash hamda rivojlantirish masalalariga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi.

Unda filial direktori R.Yu.Ruzibayev, fakultet dekanlari, bo’lim boshliqlari, kafedra mudirlari hamda professor - o’qituvchilar ishtirok etishdi.

Mazkur tadbirda O’zbekiston Respublikasi bosh vazir o’rinbosarining Xorazm viloyatiga tashrifi hamda Urganch davlat universitetida bo’lib o’tgan yig’ilishda ko’tarilgan masalalar xususida so’z bordi.

Shuningdek, tadbirda UrDU professor-o’qituvchilari va talabalarining  innovatsion ixtirolari, yangi g’oya va loyihalari bosh vazir o’rinbosarida katta taassurot qoldirgani, TTA Urganch filiali professor-o’qituvchilari va talabalari oldida turgan vazifalar: yangidan – yangi g’oyalar, ixtiro va innovatsion loyihalarini  taqdimot etishlari kerakligi to’g’risida to’xtalib o’tildi.   

Tadbir yakunida davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev tomonidan Sportni rivojlantirish, har bir inson muntazam ravishda sport bilan shug’ullanishlari yuzasidan bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Urganch shahar Yoshlar markazida O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Nabiyev Dilmurod Hamidullayevich hamda O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi Quranboyev Qahramon Qo’chqarovichlar ishtirokida o’tkazilgan yig’ilishda muhokama etilgan masalalarga e’tibor qaratildi.

Filial direktori R.Yu.Ruzibayev filial professor – o’qituvchilari, ishchi – xodimlari hamda talabalaridan iborat sport jamoalarini tashkil etish, ularning sport bilan muntazam ravishda shug’ullanishlari bo’yicha mas’ullarga ko’rsatma berdi.


TTA Urganch filiali

Motbuot kotibi S.R.Sotimboyeva

Download Template Joomla 3.0 free theme.


         


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.