+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Yoshlar - buzg’unchi g’oylarga qarshi!

Hozirgi globallashuv davri ma’naviy tarbiyani yanada boyitish, yoshlarni g‘arazli g‘oyalar ta’siridan himoyalashni taqozo etmoqda.

TTA Urganch filialida joriy yilning 3-oktabr kuni  filial talaba-yoshlari o‘rtasida diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlariga qaratilgan profilaktik tadbirlarni kuchaytirish maqsadida “O’zbekiston yoshlari buzg’unchi g’oylarga qarshi” mavzusidagi manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda davra  suhbati  bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati xodimlari,  Xorazm viloyat IIB TEKKB mutasaddilari, Faxriddin ar-Roziy nomidagi Islom o‘rta-maxsus bilim yurti mutaxassislari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi vakillari va OAV xodimlari hamda TTA Urganch filiali professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

Tadbirga tashrif buyurgan barcha mutaxassis xodimlar global muammoga aylangan diniy ekstremizm va terrorizmning ayanchli oqibatlari to’g’risida gapirib, ayni paytda o’tkazilayotgan ushbu ma’rifiy tadbirning yoshlar uchun qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o’tdilar.

Tadbir yakunida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan yetarlicha javob oldilar. Yoshlarni to‘g‘ri yo‘ldan ozdirishga harakat qilayotgan turli buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish, diniy ekstremizm va terrorizmning ayanchli oqibatlari to’g’risida keng ma’lumot berish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbir yoshlar ongida yurtga muhabbat  hamda vatanparvarlik turg’ularini uyg’otishi shubhasiz.

TTA Urganch filiali

Matbuot kotibi S.R.Sotimboyeva

Download Template Joomla 3.0 free theme.


         


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.