+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Sizga ta’zim - sizga e’zoz!

Istiqlol yillarida o‘qituvchi kasbini e’zozlash, mehnatini qadrlash va munosib rag‘batlantirish ta’lim sohasidagi islohotlarning muhim yo‘nalishiga aylandi. Farzandlar ta’lim-tarbiyasi, yosh avlodni barkamol insonlar qilib kamolga yetkazishga alohida e’tibor qaratish xalqimizga xos ezgu fazilatlardan.

TTA Urganch filialida 2018 yilning 28-sentabr sanasida Ilmiy Kengash majlisi bo’lib o’tdi. Unda  samarali mehnat qilayotgan faol va tashabbuskor bir guruh professor - o’qituvchilarni taqdirlash marosimi ham tashkil qilindi.


Shundan so’ng Davolash ishi fakulteti 5-bosqich talabasi Sarvar Jumaniyazovning Vrachlar assotsiatsiyasi stipendiyasiga sazovor bo’lganligi munosabati bilan taqdirlash marosimi o’tkazildi. Unda O’zbekiston Vrachlar assotsiatsiyasi a’zosi, professor Usmonxo’jayev Muxtor Saidovich ishtirok etib,  Sarvar Jumaniyazovga sertifikat hamda estalik sovg’alarini topshirdi.


Bundan tashqari, 1 – oktabr “Ustoz va murabbiylar” kuniga bag’ishlangan sport musobaqalariga start berildi. Mazkur musobaqada sportning stol tennisi, mini futbol, valeybol turlari bo’yicha filial professor – o’qituvchilari, ishchi – xodimlari hamda talaba – yoshlari o’zaro bellashdilar. Musobaqa qizg’in va ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi.

Musobaqa yakunida bir guruh g’oliblar faxriy yorliq va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandilar.

 Shuningdek, Pediatriya fakulteti 4 – bosqich talabasi Ozod Rashidov KEMPO bo’yicha 18 va undan yuqori yoshdagi sportchilar o’rtasida 70 kg vazn toifasida faxrli 3 - o’rinni egallab, O’zbekiston kubogi sovrindori bo’lganligi uchun filial direktori R.Yu.Ruzibayev tomonidan munosib taqdirlandi.








TTA Urganch filiali

Matbuot kotibi S.R.Sotimboyeva

Download Template Joomla 3.0 free theme.


         


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.