Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori TTA Urganch filiali talabasi bo’ldi!

Mamlakatimizda mo‘tabar ayol zotiga munosib hurmat-ehtirom ko‘rsatish, ularning jamiyatimizdagi o‘rni va nufuzini oshirish, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, o‘zining iqtidori va ibratli faoliyati bilan yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan qizlarni rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi 1999 yil 10 iyundagi PF-2326-sonli va “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018 yil 2 fevraldagi PF-5325-sonli Farmonlari ayollarga oid davlat siyosatini mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarish bilan birga jamiyatimizda xotin-qizlarga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirdi.  

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 1999 yil 10 iyundagi “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF-2326 Farmoniga muvofiq, mazkur mukofot 14 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli qizlarga adabiyot, madaniyat, san’at, fan, ta’lim sohalaridagi alohida yutuqlari uchun berilar edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018 yil 2 fevraldagi PF-5325-sonli Farmoniga binoan, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan iqtidorli qizlarga taqdim etilishi belgilandi. Ahamiyatli jihati, yosh chegarasining 22 dan 30 yoshgacha uzaytirilganligi fan-ta’lim sohasida ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanayotgan olima qizlarimiz uchun keng imkoniyatlar eshigini ochib berishidadir. Ushbu Farmonning qabul qilinishi ham yurtimizda ayol bilan jamiyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikning naqadar muhim ekani va xotin-qizlar yurtboshimizning e’tibori va ehtiromida ekanini isbotlab turadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 3-son bayoni qarorida ham 2018-2019 o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari g‘oliblari, Zulfiya mukofoti sovrindorlari, sport musobaqalari g‘oliblari hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolari mos ta’lim yo‘nalishlariga test sinovlarisiz va kasbiy(ijodiy) imtihonlarsiz tanlovdan tashqari davlat granti asosida qabul qilinishi belgilab qo‘yilgan.

Bu yil 2018-2019 o‘quv yili uchun qabulda TTA Urganch filiali Davolash ishi yo‘nalishiga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Ismoilova Ozoda Anvarovna hujjat topshirdi.

Uni imtiyozli ravishda talabalikka qabul qilinganligi munosabati bilan filial ma’muriyati nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz!

 

Filial ma’muriyati

Download Template Joomla 3.0 free theme.

BIZNING MANZIL

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 220100,

O'zbekiston, Urganch Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel: +99862 224 84 84, Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Ishonch telefoni

Тel: +99(862) 224 83 82 

Har kuni soat 9:00 - 13:00 va 14:00 - 17:00

Shanba kuni soat 9:00 - 13:00  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.