Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Oq yo‘l sizga, bitiruvchilar!

Bugungi kunda mamlakatimizda inson hayoti uchun muhim va zarur sohalardan biri bo‘lgan-sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, uni jahon talablari darajasiga ko‘tarish va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish masalalari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Ayniqsa, so‘nggi bir yil davomida sohaga qaratilgan e’tibor va ko‘rsatilgan g‘amxo‘rlik mazkur tarmoqni yangi bosqichga ko‘tarish qatorida, aholining tibbiy xizmatdan rozi bo‘lishida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

2018 yilning 26 iyun kuni TTA Urganch filialining bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha 137 nafar bitiruvchilari (shundan, Davolash yo‘nalishidan-46 nafar, Oliy hamshiralik ishi yo‘nalishidan-26 nafar, Pediatriya yo‘nalishidan-49 nafar, Tibbiy pedagogika yo‘nalishidan-16 nafar) «Shifokorlikka qasamyod» qabul qilishdi.

Bo‘lib o‘tgan tantanali qasamyod tadbirida filial professor-o‘qituvchilari, filialning bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha bitiruvchilari va ularning ota-otalari hamda OAV xodimlari ishtirok qilishdi.

Filial direktori R.Yu.Ruzibayev va so‘zga chiqqan tadbir mehmonlari diplom olish arafasida turgan shifokor yoshlarni tabriklashib, hukumatimiz tomonidan tibbiyot xodimlariga zarur sharoitlar yaratilayotganligi, jumladan, ularni imtiyozli ipoteka kreditlari asosida arzon uy-joylar, iste’mol kreditlari bilan ta’minlash bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqilganligi shifokorlarga bo‘lgan e’tiborning yanada yuksakligidan dalolat bo‘layotganligini e’tirof qilib o‘tishdi.

Shuningdek, tadbirda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan hududlar, tumanlar va shifo maskanlarida tibbiyot kadrlariga bo‘lgan ehtiyoj o‘rganilganligi va o‘rganishlar natijasida tibbiyot yo‘nalishidagi barcha bitiruvchilar doimiy yashash joylaridagi tibbiyot muassasalarida o‘z sohasi bo‘yicha ishga joylashtirilayotganliklari alohida ta’kidlandi.

Yaratilayotgan bunday imkoniyatlar, yurtimizda inson salomatligini asrashga bo‘lgan e’tibor va cheksiz g‘amxo‘rlik oq xalatli xaloskorlarni hamisha fidoyilikka undayveradi. Filial jamoasi ham fursatdan foydalanib, “Shifokorlikka qasamyod” qilgan bitiruvchilariga xalq salomatligi yo‘lidagi sharafli va mas’uliyatli ishlarida omad hamda zafarlar tilab qoladi. Zero, Vatanimizning porloq kelajagi  iste’dodli va izlanuvchan  yoshlar bilan! 

TTA Urganch filiali Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

Download Template Joomla 3.0 free theme.

BIZNING MANZIL

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 220100,

O'zbekiston, Urganch Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel: +99862 224 84 84, Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Ishonch telefoni

Тel: +99(862) 224 83 82 

Har kuni soat 9:00 - 13:00 va 14:00 - 17:00

Shanba kuni soat 9:00 - 13:00  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.