+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Rus she’riyatining quyoshi

 «Ijtimoiy –gumanitar fanlar kafedrasi» da «Rus tili»  fanidan talabalar mustaqil ta’lim sifatida “Xalqaro rus tili kuni va  rus shoiri A.S.Pushkin tavalludining 219 yilligi” mavzusida tadbir o‘tkazishdi.

                                                                                                                Ko‘z ko‘rmagan haykal bunyod ayladim men o‘zimga,

                                                                                                    Poyidagi oyoq yo‘lni bosolmagay o‘t-o‘lan.

                                                                                                    G‘urur ila yuksaldi u bosh egmayin ta’zimga,

                                                                                                    Aleksandr arkonidan ham baland.

                                                                                                         A.S.Pushkin

Rus badiiy tafakkurining buyuk namoyondasi V.G.Belinskiy Pushkinni “Rus she’riyatining quyoshi” deya uning ijodiga munosib baho bergandi.

Hozirgacha nazm muxlislarini hayratga solib kelayotgan Pushkin ijodida nafosat va tafakkur, ehtiros va aql shunchalik omuxta bo‘lib ketganki, go‘yo manfiy va musbat qutblar tutashganda uchqun chiqqanidek, uning she’rlarini o‘qigan kitobxonning ham aqli, ham tuyg‘ulari yorishib ketadi.

Shu yilning 25- may sanasidan 4- iyun sanasigacha “Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi”da “Rus tili” fanidan barcha guruhlar “Xalqaro rus tili kuni va  rus shoiri A.S.Pushkin tavalludining 219 yilligi” mavzusida mustaqil ta`lim  sifatida tadbirlar  o‘tkazishdi. O‘zbek yoshlarining shoir ijodiga qiziqishi, uning asarlar va she’rlarini yod olishi quvonarli hol. Shu ma’noda filial talabalarining shoir ijodiga bag‘ishlab o‘tkazgan tadbirlari ularning hayot yo‘llarida chuqur iz qoldirishi shubhasiz.  Kafedrada o‘tkazilgan tadbirda “Rus tili” xonasi talabalar tomonidan ishlangan  shoirning portretlari, ijodiga bag‘ishlab yaratilgan bukletlar bilan bezatildi. Shoir asarlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

     Kafedra mudiri dots. D.Sh.Olimova tadbirni ochar ekan, 2010 yilda BMT tomonidan buyuk shoir A.S.Pushkinning tavallud sanasi Xalqaro rus tili kuni deb e’lon qilinganligini har yili bu sana filial miqyosida katta bayram sifatida o‘tkazilib kelinayotganini ta’kidladi.

    Kafedra katta o‘qituvchisi A.Sh.Atajanova talabalar bilan “A.S.Pushkinning hayoti va ijodi” mavzusida tayyorlangan taqdimotni namoyish etishdi. Tadbirda shoir she’rlaridan yod aytildi, asarlaridan sahna ko‘rinishlari ijro etildi. Talabalar o‘rtasida “Pushkin siymosi – talabalar nigohida” mavzusida rasmlar tanlovi e’lon qilindi. O‘tkazilgan she’riyat kechalarida barcha kafedra a’zolari  katta qiziqish bilan ishtirok etishdi.

    Tadbirga tashrif buyurgan TTA Urganch filiali direktori R.YU. Ruzibaev so‘zga chiqib, A.S.Pushkinning she’riyatga, rus tilining rivojiga qo‘shgan hissasini alohida e’tirof etdi. Talabalarning mustaqil ta’lim talablarini bunday yuqori saviyada tayyorlaganliklari fan o‘qituvchisining mehnatlari samarasi ekanligini ta’kidlab, kafedra katta o‘qituvchisi A.SH.Atajanovaga alohida tashakkur bildirdi.

     So‘zga chiqqan kafedra o‘qituvchilari Pushkin ijodining serqirraligi, zamonlar osha ham o‘z mohiyatini yo‘qotmasligi, o‘lmas asarlari yana uzoq yillar she’riyat ixlosmandlarini bahramand etishi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.  Tadbir so'nggida faol talabalar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

 

Download Template Joomla 3.0 free theme.


         


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.