+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

TTA Urganch filialida o’tkazilgan Respublika ilmiy – amaliy anjumani xorijiy olimlar e’tirofida!

2018 yilning 1- iyun sanasida TTA Urganch filialida xorijiy olimlar ishtirokida “Tibbiyotning dolzarb muammolari bilan birga bolalarni to’laqonli ovqatlantirishning tamoyillari va istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.

Unda Andijon davlat tibbiyot instituti t.f.n., dotsent A.G.Ganiyev, Toshkent tibbiyot akademiyasi t.f.d., professor L.K.Rahmanova, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti t.f.n., dotsent Z.Y.Jurayeva, Toshkent shahar Sog’liqni saqlash boshqarmasining bosh neonatologi M.Sh.Usmanova, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti “Ambulator poliklinika” kafedrasida faoliyat yuritayotgan Amerikaliklarning ovqatlanishi bo’yicha mutaxassis, professor Bet Leonberg, Samarqand davlat tibbiyot instituti, Turon fanlar akademiyasining akademigi, t.f.d. S.Q.Rasulov, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali t.f.n., dotsent M.R.Rahmetova, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali t.f.n., dotsent M.R.Xudayberganovlar o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Ushbu ilmiy-amaliy anjumanda Respublikamizning taniqli olimlari, viloyat Sog’liqni saqlash boshqarmasi xodimlari, amaliyotda ishlayotgan pediatr-shifokorlar, doktorantlar, klinik ordinatorlar qatnashdilar. Anjumanda ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari t.f.d., professor R.B.Abdullayev va viloyat Sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig’ining 1-o’rinbosari U.U.Matyakubovlar raislik qilishdi.

Ilmiy-amaliy anjuman bahs-munozaralarga boy tarzda qiziqarli o’tdi.

Ilmiy tadqiqotlar va IPKT bo’limi

Download Template Joomla 3.0 free theme.


         


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.