+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash – davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi

2018 yil 1 iyun kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 2018 yil 2- fevraldagi PF-5325 sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 apreldagi 285-sonli Qarori va TTAning 2018 yil 19 apreldagi 223- sonli buyrug‘i ijrosini taminlash yuzasidan Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Xotin-qizlar qo‘mitasi va TTA Urganch filiali Xotin-qizlar qo‘mitasi va “Ichki nazorat” bo‘limi  hamkorlikda filial talaba qizlari bilan  "Jamiyatning ayolga munosabati" mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida Toshkent Tibbiyot Akadaemiyasi Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi  L.K. Raxmanova, TTA Urganch filiali xotin-qizlar qo‘mitasi raisi N.E.Samandarova, filial “Ichki nazorat” bo‘limi boshlig‘i A.Q. Xudoyberganova, “BKP kafedrasi” o‘qituvchisi I.R. Iskandarovalar o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar.

Ma’ruzachilar Prezident Farmonlarining hayotga tatbiqi, undan kelib chiqadigan vazifalar, ayollarga ko‘rsatilayotgan e’tibor haqida talaba qizlarga hayotiy misollar asosida tushuncha berdilar.

O‘z navbatida talabalar ham o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, savollar bilan murojaat etishdi. Davlatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida, jumladan, to‘ylarni ixcham va isrofgarchiliksiz o‘tkazish, milliy kiyim va urf-odatlarning ahamiyati yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdilar.

Davra suhbati jonli muloqot asosida qizg‘in baxs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi.

Download Template Joomla 3.0 free theme.


         


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.