Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

JANNATMAKON O‘LKA O‘ZBEKISTON BO‘YLAB SAYOHAT QIL!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  2018  yil 7 fevraldagi PQ-3514-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturini amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasining 27-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 26-30 may kunlari TTA Urganch filiali bir guruh professor-o‘qituvchilari va  ishchi xodimlari Buxoro, Shahrisabz, Samarqand, Navoiy viloyatlardagi muqaddas qadamjolar va tarixiy obida va muzeylarga tashrif buyurdilar.  

Filial Kasaba uyushmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan bu sayohat davomida Buxoro viloyatidagi Ko‘hna ark, Bahoviddin Naqshbandiy, Chashmai Ayub, Ismoil Somoniy, Sayyid Amir Kulol, Sitorayi Mohi Xosa kabi bir qator tarixiy majmualar hamda ziyoratgohlarda bo’ldilar.

Sayohatchilar Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi sohibqiron Amir Temur tomonidan barpo qilingan “Oq saroy” binosi, “Chubin” madrasasi hamda mustaqillik yillarida yangidan qurilgan “Amir Temur” haykali kabi betakror tarixiy obidalar bilan yaqindan tanishdilar.

Shundan so‘ng Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali professor-o‘qituvchilari  va ishchi xodimlari Samarqand viloyatidagi Hazrati Dovud,  Doniyor singari payg’ambarlar nomi bilan ataluvchi ziyoratgohlar, “Shoxi Zinda” majmuasi, “Bibixonim” maqbarasi va madrasasi,  “Go‘ri Amir” maqbarasi, “Mirzo Ulug‘bek” rasadxonasi, “Registon”, “Imom Buhoriy”  majmualari hamda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovga atab milliy an’ana va zamonaviylik talqinida yaratilgan haykal va maqbara bilan yaqindan tanishdilar.

 

Sayohatning yakuni Navoiy viloyatidagi “Nurota” maqbarasi, “Nurota” chashmasi, “Imom Hasan va Husayin” maqbaralari hamda “Shohimardon” maqbaralari kabi ziyoratgohlarga tashrif bilan yana ahamiyatli bo’ldi.   

Sayohat ko’tarinki va bir olam taassurotlar og’ishida o’z yakiniga yetdi.

Bu kabi sayohatlar yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga, boy tariximizga va buyuk ajdodlarimizga hurmat va iftixor tuyg’ularini shakllanishida yuksak ahamiyatga ega.

TTA Urganch filiali Davolash fakulteti dekanati

Download Template Joomla 3.0 free theme.

BIZNING MANZIL

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 220100,

O'zbekiston, Urganch Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel: +99862 224 84 84, Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Ishonch telefoni

Тel: +99(862) 224 83 82 

Har kuni soat 9:00 - 13:00 va 14:00 - 17:00

Shanba kuni soat 9:00 - 13:00  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.