Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Ilmiy izlanishdagi talabalarning muvaffaqiyati

Keyingi yillarda TTA Urganch filialida nafaqat o‘qituvchilar, balki talabalar o‘rtasida ham ilmiy-tadqiqot ishlariga qiziqish tobora ortib bormoqda. 2018 yil 11-12 may kunlari Samarqand shahrida Samarqand Davlat tibbiyot instituti tomonidan tashkil etilgan “Zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolari” mavzusidagi Talabalar ilmiy jamiyatining 72-ilmiy-amaliy anjumanida filialimizdan 302-“B” guruh talabasi M.Jo‘rayev, 303-“B” guruh talabasi Sh.Sultonbekov, Jamoat salomatligi va umumiy gigiena kafedrasi assistenti S.R.Qurbonov hamda ilmiy tadqiqotlar va IPKT bo‘limi boshlig‘i N.M.Xadjiyevalar ishtirok etishdi.

Anjumanda Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Rossiyaning bir nechta tibbiyot oliygohlaridan talabalar va ularning ilmiy rahbarlari qatnashdi.  8 seksiyada jami 254 nafar talaba ma’ruza qildi.

Ular orasidan filialimiz Davolash fakulteti 302-“B” guruh talabasi M.Jo‘rayev o‘zining “Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali talabalari orasida umumiy kasallanish va uning tarqalishidagi ayrim xususiyatlar” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etib, 3-darajali diplom bilan taqdirlandi. 303-“B” guruh talabasi Sh.Sultonbekov “Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali talabalari orasida nafas olish yo‘llari kasalliklarining tarqalishidagi o‘ziga xos xususiyatlar” mavzusida ma’ruza qilib, faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlandi. Anjumanda faol ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalarimiz M.Jo‘rayev, Sh.Sultonbekov va ularning ilmiy rahbari t.f.d.,professor I.Q.Abdullayevni erishgan muvaffaqiyatlari bilan tabriklaymiz. Talabalarimizning kelgusidagi ilmiy izlanishlariga ulkan zafarlar tilab qolamiz.

Download Template Joomla 3.0 free theme.

BIZNING MANZIL

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 220100,

O'zbekiston, Urganch Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel: +99862 224 84 84, Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Ishonch telefoni

Тel: +99(862) 224 83 82 

Har kuni soat 9:00 - 13:00 va 14:00 - 17:00

Shanba kuni soat 9:00 - 13:00  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.