Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

TTA Urganch filialida Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning 2018 yil 7 may sanasidagi PQ-3698 – sonli Qarori mazmun – mohiyatini tushuntirishga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi!

2018 yilning 10 may sanasida TTA Urganch filialida Xorazm viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning  2018 yil 7 may sanasidagi PQ-3698–sonli Qarori mazmun–mohiyatini filial professor–o’qituvchilari hamda xodimlariga batafsil tushuntirish maqsadida tadbir bo’lib o’tdi!

Mazkur tadbirni filial direktori t.f.d., prof. R.Yu.Ruzibayev kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda 2018 yilning 8 may sanasida poytaxtimiz Toshkent shahrida yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy tadqiqot institutlari rektorlari va barcha yo‘nalishlar prorektorlari, direktor o‘rinbosarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda muhokama qilingan masalalarga alohida to’xtalib o’tdi.

Mazkur tadbirda Xorazm viloyat prokuraturasi iqtisodiy – qonunchilik ijrosi ustidan nazorat qilish boshlig‘i o‘rinbosari Ollaberganov Furqat Atajanovich so’zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 maydagi PQ-3698-sonli Qarorida belgilangan vazifalar hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar hamda mamlakatimizda ilmiy tadqiqot ishlarni bajarish jarayonida yuzaga kelayotgan mavjud muammo va to’siqlar borasida alohida qayd etib o’tdi.

Download Template Joomla 3.0 free theme.

BIZNING MANZIL

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 220100,

O'zbekiston, Urganch Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel: +99862 224 84 84, Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Ishonch telefoni

Тel: +99(862) 224 83 82 

Har kuni soat 9:00 - 13:00 va 14:00 - 17:00

Shanba kuni soat 9:00 - 13:00  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.