+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

El ardog’idagi Professor TTA Urganch filialida!

2018 yil 9 aprel sanasida TTA Urganch filialiga filialimiz asoschilaridan - Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi (RIKM) direktori, professor Kurbanov Ravshanbek Davlatovich tashrif buyurdi. Uchrashuvni filial direktori R.Yu.Ruzibayev ochib berib, professorRavshanbek Davlatovich TTA Urganch filialining tashkil qilinishida katta hissa  qo‘shganligini ta’kidlab o‘tdi.   

R.D. Kurbanov o‘z bilim, tajriba-ko‘nikmalari va kardiologiya sohasidagi yetuk o‘zgarishlar, O‘zbekistonda asosiy yurak qon-to­mir kasalliklarining tarqalganligini o‘rganish, ularning kechishi xususiyatlari va profilaktikasi, to‘satdan o‘lim va hayotga xavf soluvchi aritmiyalarning oldini olish maqsadida yurak ishemik kasalligini, o‘tkir miokard infarktini diagnostika qilish va davolashni optimallashtirish, essensial gipertoniyaning genetik jihatlarini, lipid almashinuvi buzilishlarini, refrakter yurak yetishmovchiligini, kardiomiopatiyalarni diagnostika qilish va davolash bo‘yicha tadqiqotlar to‘g‘risida seminar ishtirokchilariga ma’lumot berdi. Ma’ruzada filial professor-o‘qituvchilari, talaba va ordinatorlari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan qatnashdilar. Seminar qiziqarli va mazmunli bo‘lib o‘tdi.

Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash bo'limi

Download Template Joomla 3.0 free theme.


         


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.