+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

TURKIYALIK OLIMLAR XORAZMDA

2018 yil 3 may kuni Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filialiga Turkiya davlatining Istanbul shaxridan Akusherlik va Ginekologiya, Onkoginekologiya mutahassisligi bo`yicha dunyoga mashhur “ACIBADEM” klinikasining yuqori malakali vrach-reproduktologi Axmet Fatix Oguch va Onkoginekolog Osman Temizkan tashrif buyurishdi. Kunning birinchi yarmida Xorazm viloyati Perinatal markazida bemorlarni qabul qilishdi va maslahatlar berishdi. Kunning ikkinchi yarmida TTA Urganch filiali majlislar zalida professor-o`qituvchilar, Xorazm viloyati vrach akusher ginekologlari, akademiya filialida tahsil olayotgan klinik ordinatura rezidentlari va o`quvchi talabalari o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi va ma`ruzalar o`qildi. Seminarni TTA Urganch filiali direktori professor Ruzibayev R.Yu. ochib berdi va seminarni olib bordilar.

“ACIBADEM” klinikasining yuqori malakali reproduktolog-endoginekolog professor Axmet Fatix Oguch “Bepushtlikni davolashning zamonaviy usullari, ekstrakorporal urug`lantirish” bo`yicha ma`ruzasini o`qib eshittirdi.

“ACIBADEM” klinikasining yuqori malakali onkoginekologi Osman Temizkan “Bachadon bo`yni rak kasalligida ayollar farzand ko`rish qobiliyatini saqlab qolish” to`g`risidagi ma`ruzasini o`qib eshittirdi.

Bu ma`ruzalar tinglovchilarda katta qiziqish uyg`otdi. Ma`ruzachilarga ko`plab savollar berildi va tinglovchilar o`zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Seminarni oxirida TTA Urganch filiali direktori professor Ruzibayev.R.Yu. mehmonlarga esdalik sovg’alarini topshirdilar.

Download Template Joomla 3.0 free theme.


         


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.