Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Ayol borki olam munavvar!

      Quyoshning iliq nurlari ostida ona tabiat uyg‘onib, ilk yashil kurtaklar nish urayotgan bahorning dastlabki kunlaridan bayramlarni nishonlash boshlanadi. Bahorning ilk bayramlaridan sanalmish 8 mart-Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida 2018 yilning 7 mart sanasida  filialning Ma’naviyat va ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi BT, filial Xotin-qizlar kengashi hamda filial Kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorligida tashkillashtirilgan “Ayol borki olam munavvar!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

    Tadbirda filialning barcha ayol professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari va  iqtidorli talabalari ishtirok qilishdi.

     Ma’naviy-ma’rifiy tadbirni Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali direktori R.Yu.Ruzibayev ochib berib, filialning ayol professor-o‘qituvchilari va ishchi xodimlarini bayram bilan tabrikladi va ularga ezgu tilaklar bildirib, filial Kasaba ushma qo‘mitasi tomonidan muhtarama ayollarga bag‘ishlab tayyorlangan esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalarni topshirdi.

      Tadbirning badiiy qismida esa filialning iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan,  munis onaxonlar va go‘zal opa-singillarimizni madh etuvchi she’rlar va kuy - qo‘shiqlar yangradi.

     Shuningdek, tadbir davomida filialning “Yoshlar” va “Shifokorlar” QVZ jamoalari ishtirokida “Ayollarni e’zozlaymiz” shiori ostidagi sahna ko‘rinishlari orqali bayram ishtirokchilariga xushkayfiyat ulashildi.

Bir-biriga ulanib ketgan go‘zal kuy va qo‘shiqlar bayram tadbiriga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

Mehr-muhabbat, go‘zallik va soflik timsoli bo‘lmish muhtarama ayollar, hamisha e’zozimizda va hurmatimizdadir!

TTA Urganch filiali Ma’naviyat va ma’rifat

va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi

 

Download Template Joomla 3.0 free theme.

BIZNING MANZIL

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 220100,

O'zbekiston, Urganch Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel: +99862 224 84 84, Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Ishonch telefoni

Тel: +99(862) 224 83 82 

Har kuni soat 9:00 - 13:00 va 14:00 - 17:00

Shanba kuni soat 9:00 - 13:00  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.