Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Intellektual salohiyatli va barkamol yoshlar-farovon kelajagimiz garovi!

     Mustaqillik yillarida mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy yetuk va jismonan sog’lom barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.

    Shu bilan birga, sohadagi vaziyat va amalga oshirilgan tadbirlar tahlili yoshlarning keng qatlamlariga daxldor bo’lgan dolzarb masalalar, ayniqsa, yoshlarning hayotda o’z o’rnini topishi uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, kasbga yo’naltirish va bandligini ta’minlash, tashabbuslarini rag’batlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi  “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi PF-5106–sonli Farmoni mazmun-mohiyatini yoshlar o’rtasida keng targ’ib qilish maqsadida filialning Ma’naviyat va ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti, filial Murabbiylar Kengashi va filial psixologi hamkorlikda 2018 yilning 21 fevral sanasida filial iqtidorli talabalarining aqliy salohiyati, intellektual darajasi va mantiqiy fikrlash qobiliyatini o’rganish bo’yicha “Intellektual salohiyatli va barkamol yoshlar-farovon kelajagimiz garovi!” mavzusidapsixologik seminar-trening tashkillashtirildi.

   O’tkazilgan seminar-treningda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari K.R.Yakubov, Ma’naviyat va ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i E.N.Alimov, bo’lim uslubchilari G.Sh.Xusainova, U.O.Karimov, O’zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchisi X.A.Jumanazarov, filial Murabbiylar Kengashi raisi M.R.Raximova, filial psixologi D.Sh.Avazyazova va filial iqtidorli talabalari ishtirok qilishdi.

    Seminar-treningda mashhur psixolog R.B.Kettellning talabalardagi intellekt koeffitsientini aniqlab beruvchi “Madaniy muhit ta’siriga bog’liq bo’lmagan intellekt” testi, mantiqiy fikrlash darajasi, tezligi va tafakkurning psixologik xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan “Sonlarning mantiqiy qatori” metodikasi, diqqat bo’linuvchanligi va tafakkur mahsuldorligini o’rganishga qaratilgan proektiv metodikalaridan foydalanildi.

   Shuningdek, trening davomida talabalarni faollashtiruvchi, stress va charchoq holatini bartaraf etuvchi psixologik testlar va mashg’ulotlaridan ham keng qo’llanilishi yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

   O’zbekiston Respublikasida yoshlarga, ularning ta’lim-tarbiyasi, intellektual salohiyati va barkamol inson bo’lib yetishishlariga katta e’tibor beriladi. Intellektual boylik hukmronlik qiluvchi XXI asrda yoshlarni aqliy salohiyatini o’stirish, yoshlar tomonidan ilgari surilgan innovatsion g’oyalarni ma’naviy va moddiy tarafdan qo’llab-quvvatlash, yoshlarni barkamol inson qilib voyaga yetkazish muhim vazifamiz sanaladi.

TTA Urganch filiali Ma’naviyat va ma’rifat

 va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi, filial psixologi.

Download Template Joomla 3.0 free theme.

BIZNING MANZIL

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 220100,

O'zbekiston, Urganch Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel: +99862 224 84 84, Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Ishonch telefoni

Тel: +99(862) 224 83 82 

Har kuni soat 9:00 - 13:00 va 14:00 - 17:00

Shanba kuni soat 9:00 - 13:00  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.