+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Qadriyatlar qadrlanadigan yurtda bayramlar

Turli xil madaniyatga hamda urf-odatga ega bo’lgan 130 dan ortiq millatlarga mansub bo’lgan aholi vakillari tinch-totuv yashab kelayotgan  O’zbekistonda milliy va diniy bag’rikenglik hukm surmoqda. Bag’rikenglik bu tom ma’noda millatidan, dinidan, e’tiqodidan qat’iy nazar yagona ezgu g’oyalar, orzu-istaklar yo’lida birga hamfikr va hamjihat bo’lib yashashni anglatadi.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev bag’rikenglik tamoyili to’g’risida shunday deydi: “Bizning qadimiy va saxovatli zaminimizda ko’p asrlar davomida turli millat va elat, madaniyat  din vakillari tinch-totuv ashab kelgan. Mehmondo’st, ezgulik, qalb saxovati va  ma’nodagi bag’rikenglik bizning xalqimizga doimo xos bo’lgan va uning metaliteti asosini tashkil etadi».O’zbekistonda turli millatlarga mansub bo’lgan urf-odatlarni, qadriyatlarni saqlab qolishga, milliy bayramlarini o’tkazish uchun barcha sharoitlar yaratishga katta e’tibor berilmoqda. Bunday bayramlardan biri bu rus millatiga mansub bo’lgan Maslenisa ya’ni qish faslini kuzatib bahorni kutib olish bayrami hisoblanadi.2018 yil 18 fevral kuni Xorazm viloyati “Rus madaniyati markazi” tomonidan Yoshlar Markazi binosida  Maslenisa bayramiga bag’ishlab  gala konsert dasturi  bo’lib o’tdi. Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Baynalmilal Markazining Xorazm viloyati rus, tatar, turkman va  qozoq madaniyat markazlari, Urganch Davlat Universetiti, Urganch shahar tibbiyot kolleji talaba yoshlari ishtirok etdilar.Shuningdek, TTA Urganch filiali “Ijtimoiy fanlar kafedrasi” katta o’qituvchilari A.Sh. Atajonova, T.E.Yusupovalar talabalar bilan ishtirok  etishdi.Tadbirda so’zga chiqqanlar hukumatimiz tomonidan “Rus madaniyati markazi”ga yaratib berilayotgan imkoniyatlar hamda Мaslenitsa bayrami tarixi, urf-odatlari haqida tomoshabinlarga so’zlab berishdi. Bayram davomida bir-biridan qiziqarli raqs, qo’shiq, she’r va sahna ko’rinishlari o’tirganlarga olam-olam quvonch ulashdi. Ayniqsa, jajji bolajonlar tomonidan ijro etilgan kuy va qo’shiqlar hammani beixtiyor yoshlik chog’larini eslashga undadi.TTA Urganch filiali talabasi Nematov O’tkir o’zinig bayram taassurotlari bilan o`rtoqlashdi.Men rus xalqining milliy bayramlari haqida ko’p eshitganman, ammo ko’rmagan edim. Mana bugun Maslenitsa bayramini ko’rdim. Bayram menga va men bilan birga kelgan do’stlarimga ham juda yoqdi. Bir-birini takrorlamaydigan chiqishlar hamda  rus milliy taomlari menda iliq taassurot qoldirdi.Bayram davomida qozoq va turkman kuy qo’shiqlari yangradi. Tadbir  so’ngida bayram dasturxoni tuzatilib, bolalarga shirinliklar  ulashildi.  

 

 

TTA Urganch filiali 1-kurs talabasi Ixtiyorov Shahboz

Download Template Joomla 3.0 free theme.


         


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.