+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI URGANCH FILIALIDA “GIYOHVANDLIK – INSON UMRINING ZAVOLI” MAVZUSIDA PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI

Giyohvandlik – XXI asrning global muammolaridan biriga aylanib ulgurdi. Giyohvandlikka qarshi kurash borasidagi masalaga davlat miqyosida katta e’tibor qaratilganini, narkomaniyaga qarshi kurashning mustahkam huquqiy bazasi yaratilganini, xavf-xatarni bartaraf etish maqsadida keng jamoatchilikning faolligiga tayanilayotganini alohida e’tirof etish zarur.

Ayniqsa, mustaqillik yillarida ushbu illatga qarshi kurash chora-tadbirlari bir necha bor kuchaytirildi. Yoshlar orasida giyohvanlik va narkotik moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarning sodir etilishini oldini olish, aniqlash va chek qo‘yish maqsadida 2018 yil 7 fevral sanasida Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida “Giyohvandlik – inson umrining zavoli!” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni, “Narkotik moddalarning suiste’moli va noqonuniy aylanishiga qarshi kurash bo‘yicha 2016-2020 yillarga mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlar Dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi Narkotik moddalarni nazorat qilish davlat komissiyasining 2018 yil № 04-52 sonli xatining ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi IIV mas’ul xodimi B.O.Tadjimatov, Xorazm viloyati bosh imom xatibi X.Abdullaev, Ma’naviyat va ma’rifat markazi Urganch shahar bo‘linmasi raisi B.Abdrimov, IIB bosh mutaxassisi Sh.Ismoilov, viloyat IIB xodimi M.Sherjanov, viloyat Narkologiya dispanseri shifokorlari A.Jumaniyozov va F.Atajanov, filial Ilmiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari prof. R.B.Abdullaev, Ma’naviyat va ma’rifat, iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i E.N.Alimov, uslubchilar U.O.Karimov va G.Sh.Xusainova, fakultet dekanlari A.A.Masharipov va Sh.R.Yusupov, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari J.N.Jumaniyozov va I.B.Salaev, filial yoshlar ittifoqi BT etakchisi X.A.Jumanazarov, filial psixologi D.Sh.Avazyazova, talabalar va guruh murabbiylarilari qatnashdilar.

Ma’ruzachilar tomonidan giyohvandlikning inson ma’naviyatiga va salomatligiga ta’sir etuvchi salbiy oqibatlari, unga qarshi samarali kurashish usullari, ushbu illatni oldini olish bo‘yicha jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, shuningdek, muntazam ravishda mutasaddi idora va tashkilotlar bilan birgalikda profilaktik tadbirlarni o‘tkazib borish lozimligi ta’kidlandi. Shuningdek, tadbir davomida giyohvandlikning salbiy oqibatlariga bag‘ishlangan “Ikki yo‘l orasida” videofilmi namoyish etildi.

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan bir qator savollarga mutaxassislar tomonidan javob oldilar.

 

 

   TTA Urganch filiali

   Ma’naviyat va ma’rifat va iqtidorli

   yoshlar bilan ishlash bo‘limi,

   Pediatriya fakulteti

Download Template Joomla 3.0 free theme.


         


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.