+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

TTA Urganch filialida 2018 yilning 10 yanvar kuni 7-bosqich bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha bitiruvchilarining «Shifokorlikka qasamyod» qabul qilish tadbiri bo‘lib o‘tdi

Tibbiyot tizimidagi islohotlar mustaqil O‘zbekiston siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Chunki bugungi kunda har qaysi xalq, davlat va jamiyatning rivojlanish omili inson, uning sog‘lig‘i va turmush darajasiga berayotgan e’tibori, shu yo‘ldagi sa’y-harakati bilan o‘lchanishi barchamizga ayon.      

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2017 yil 12 dekabr kuni mamlakatimiz tibbiyot sohasidagi dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida O‘zbekistonda birinchi marta tibbiyot yo‘nalishidagi oliy ta’lim dargohlarida ta’lim olayotgan 7-kurs bakalavr hamda klinik ordinatura yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning o‘qishi muddatidan 5 oy oldin yakunlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev raisligida o‘tkazilgan ushbu yig‘ilishda belgilangan vazifalarni bajarish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 15 dekabr № 8-7-3/1593-sonli Ko‘rsatma xatiga asosan 2018 yilning 10 yanvar kuni TTA Urganch filialining 7-bosqich bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha 117 nafar bitiruvchilari «Shifokorlikka qasamyod» qabul qilishdi.

Bo‘lib o‘tgan tantanali qasamyod tadbirida filial professor-o‘qituvchilari, Toshkent tibbiyot akademiyasidan tashrif buyurgan tadbir mehmoni, tibbiyot fanlari doktori, professor F.X.Inoyatova, filialning 7-bosqich bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha bitiruvchilari va ularning ota-otalari hamda OAV xodimlari ishtirok qilishdi.

Filial direktori R.Yu.Ruzibaev va so‘zga chiqqan tadbir mehmonlari diplom olish arafasida turgan, 2018 yilning 11 yanvaridan ish boshlovchi shifokor yoshlarni tabriklashib, hukumatimiz tomonidan tibbiyot xodimlariga zarur sharoitlar yaratilayotganligi, jumladan, ularni imtiyozli ipoteka kreditlari asosida arzon uy-joylar, iste’mol kreditlari bilan ta’minlash bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqilganligi shifokorlarga bo‘lgan e’tiborning yanada yuksakligidan dalolat bo‘layotganligini e’tirof qilib o‘tishdi.

Shuningdek, tadbirda so‘nggi bir oy davomida  Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan hududlar, tumanlar va shifo maskanlarida tibbiyot kadrlariga bo‘lgan ehtiyoj o‘rganilganligi va o‘rganishlar natijasida tibbiyot yo‘nalishidagi barcha bitiruvchilar doimiy yashash joylaridagi tibbiyot muassasalarida o‘z sohasi bo‘yicha ishga joylashtirilayotganliklari alohida ta’kidlandi.

Yaratilayotgan bunday imkoniyatlar, yurtimizda inson salomatligini asrashga bo‘lgan e’tibor va cheksiz g‘amxo‘rlik oq xalatli xaloskorlarni hamisha fidoyilikka undayveradi. Filial jamoasi ham fursatdan foydalanib, “Shifokorlikka qasamyod” qilgan 7-bosqich bitiruvchilariga xalq salomatligi yo‘lidagi sharafli va mas’uliyatli ishlarida omad hamda zafarlar tilab qoladi. Zero, Vatanimizning porloq kelajagi  iste’dodli va izlanuvchan  yoshlar bilan!

 

 

TTA Urganch filiali Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

 

Download Template Joomla 3.0 free theme.


         


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.