Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.
TDIUda bo’lib o’tgan o’quv-uslubiy seminar!
- Detallar
- Yangiliklar va e'lonlar kategoriyasi
- Sanasi: 27 DEKABR 2017
- 730 marta ko'rildi:
2017 yilning 20-21-22 dekabr kunlarida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Oliy ta’limning o’quv-uslubiy faoliyatini ilg’or xalqaro tajribalar asosida rivojlantirish: Ta’lim sifati va samaradorligining uslubiy, mazmuniy va texnikaviy jihatlari”, “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, tarbiya tizimining maqbul usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish omillari”, “Oliy ta’lim muassasalari ilmiy faoliyatini yanada rivojlantirish: xalqaro standartlar va ularni tatbiq etishning usul va vositalari” mavzularida Oliy o’quv yurtlari prorektorlari uchun o’quv-uslubiy seminarlar bo’lib o’tdi. 3 kun mobaynida davom etgan ushbu seminarni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Xodiyev Bahodir Yunusovich kirish so’zi bilan ochib berdi.
Unda TDIU o’quv ishlari bo’yicha prorektori G’.E.Zaxidov “Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida o’quv jarayonini takomillashtirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar” to’g’risida, Ismoilov Bahrom Maxmudovich “Oliy malakali ilmiy pedagogik kadrlarning attestatsiyasini takomillashtirish masalalari” to’g’risida, TDIU ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori M.Komilov “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar jarayonini takomillashtirish, tarbiya samaradorligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlarning innovatsion shakllarini ishlab chiqish” to’g’risida, “TDIU ilmiy-tadqiqot faoliyati: amalga oshirilgan tadbirlar va istiqbolli loyihalar” to’g’risida TDIU ilmiy ishlar bo’yicha prorektori Sh.I.Mustafaqulov ma’ruzalar o’qishdi. Ushbu seminarda filialimizning o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari B.S.Yuldashev, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari K.R.Yakubov va ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari R.B.Abdullayevlar qatnashib katta taassurotlar bilan qaytishdi. Seminar savol-javob va muhokamalarga boy bo’lib o’tdi. O’quv-uslubiy seminar ishtirokchilari universitetning fakultet va kafedralariga tashrif buyurishdi. Seminar yakunida ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlandilar.