+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

TTA Urganch filialining “Ko‘zmunchoq” Talabalar teatr studiyasi a’zolarini qutlaymiz!

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan talabalar teatr studiyalari festivalining yakuniy respublika bosqichini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy ishchi guruh yig‘ilishining 2017 yil 10 noyabr № 4-bayoniga asosan TTA Urganch filialining “Ko‘zmunchoq” Talabalar teatr studiyasi 2017 yilning 15-16 dekabr sanalarida Toshkent shahrida, O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutining o‘quv teatri binosida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan talabalar teatr studiyalari festivalining yakuniy respublika bosqichida “Gunoh” nomli spektakl namoyishi bilan ishtirok qilishdi.

Yoshlarning odob-axloqi, korrupsiya, ekstrimizm, odam savdosi kabi qator dolzarb muammolarni qamrab olgan ushbu spektaklni teatr a’zolari zo‘r mahorat bilan ijro qilishib, tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘lishdi.

Muqimiy nomidagi musiqali drama teatrida bo‘lib o‘tgan festival g‘oliblarini taqdirlash marosimida TTA Urganch filialining “Ko‘zmunchoq” Talabalar teatr studiyasi jamoasi “Milliy an’ana va qadriyatlarning tarannumi” nominatsiyasi diplomi va qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘lishdi.

Filialimiz nomidan “Ko‘zmunchoq” Talabalar teatr studiyasi a’zolarini ushbu g‘alaba bilan qutlagan holda, jamoaning kelgusidagi o‘qish va ijodlarida zafarlar tilaymiz.

      

TTA Urganch filiali Ma’naviyat va ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi  

Download Template Joomla 3.0 free theme.


         


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.