Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

USTOZ – OTANGDAY ULUG‘

  So‘rdilar, dunyoda asli kim aziz,

  Aytdilar, ustozdir, ustoz begumon.

  Tag‘in aytdilarki, aziz shubhasiz

  Ustozin qadriga etolgan inson!

 

Bundan yigirma yil muqaddam, 1997 yilda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbuslari bilan el-yurtimizning ustoz-murabbiylarga bo‘lgan yuksak ehtiromining amaliy ifodasi sifatida 1- Oktyabr  O‘qituvchi va murabbiylar kuni deb e’lon qilindi.

Aziz xalqimizning bir naqlida “Sen odamlarga bir yil yaxshilik qilmoqchi bo‘lsang, bug‘doy ek, o‘n yil yaxshilik qilmoqchi bo‘lsang, daraxt ek, yuz yil yaxshilik qilmoqchi bo‘lsang, ta’lim-tarbiya ber” deyilgan.

Shuning uchun ham ustoz deganda  ko‘nglimizda chuqur hurmat va ehtirom, cheksiz minnatdorlik tuyg‘ulari, shu bilan birga hech qanday boylik bilan o‘lchab, ado etib bo‘lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo‘ladi.

Ustoz murabbiylarni e’zozlash, ular mehnatining buyukligini yana bir bora e’tirof etish maqsadida TTA Urganch filialida ham “Sizga ta’zim, sizga ehtirom ustozlar!” deb nomlangan bayram dasturi tashkil etildi.

Bayramda professor –o‘qituvchilardan iborat jamoa a’zolari, ta’lim maskanida uzoq yillar samarali mehnat qilgan faxriylar ishtirok etishdi.

Tadbirni filial direktori R.Yu.Ro‘ziboev ochib berdi va ustozlarni qutlug‘ ayyom bilan tabriklab, dil so‘zlarini izhor etdi.

Taklif etilgan faxriylarga ehtirom sifatida ma’muriyat tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi. So‘zga chiqqan faxriylar pedagoglik kasbining mashaqqati va sharafi to‘g‘risida gapirib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Shundan keyin hozirgi kunda filialda faoliyat yuritayotgan bir guruh faol, xizmat vazifasini bajarishdagi alohida jonbozliklari bilan ajralib turuvchi o‘qituvchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

Tadbirga taklif etilgan xonandalar o‘z qo‘shiqlari bilan davraga  fayz kiritdilar. O‘tkazilgan tadbirdagi ko‘tarinki kayfiyat, o‘z kasbidan faxrlanish tuyg‘ulari jamoa a’zolarining keyingi faoliyatida o‘z natijasini ko‘rsatadi deb ishonamiz.

 

                                                                  “Ijtimoiy gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri, p.f.n dotsent D.SH.Olimova

Kafedra o‘qituvchisi N.E.Samandarova

Download Template Joomla 3.0 free theme.

BIZNING MANZIL

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 220100,

O'zbekiston, Urganch Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel: +99862 224 84 84, Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Ishonch telefoni

Тel: +99(862) 224 83 82 

Har kuni soat 9:00 - 13:00 va 14:00 - 17:00

Shanba kuni soat 9:00 - 13:00  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.