TTA Urganch filialida ota-onalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi

Tadbirni TTA Urganch filiali direktori R.Yu.Ruzibaev olib bordi. Ushbu yig‘ilishda direktor o‘rinbosarlari K.R.Yakubov,

B.S.Yuldashev, R.I.Sapaevlar hamda fakultet dekanlari O.O.Masharipov, Sh.R.Yusupovlar  ishtirok  qildilar.  Tadbir ota-onalar bilan ochiq muloqat tarzda tashkil etildi. Yig‘ilishda TTA Urganch filiali direktori R.Yu.Ruzibaev so‘zga chiqib, filialda yaratilga  imkoniyatlar haqida ma’lumot  berdi. R.Yu.Ruzibaev filialda korrupsiyaga yo‘l qo‘yilmasligi, korrupsiya xolatlarini oldini olish bo‘yicha ota-onalar hamkorligini  kuchaytirish masalalariga to‘htalib o‘tdi. Tadbir davomida ona-onalar ham so‘zga chiqib filial rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini  bildirishdi.

 

TTA Urganch filiali Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi