Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Djumanazarov Xasan Alijanovich O‘zbekiston yoshlar ittifoqining ТТA Urganch filialidagi boshlang‘ich tashkilot yoshlar yetakchiligiga saylandi

2017 yil 30 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev ishtirokida bo‘lib o‘tgan “Kamolot”

yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida yoshlar hayotida tub burilish yasadi. Qurultoyda tashkil etilgan “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi”   faoliyatining asosiy maqsadi ham yurtimizda har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, xalq manfaati yo‘lida bor salohiyatini safarbar qiladigan, shijoatli yoshlarni tarbiyalash, ularni turli zararli illat va yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish kabi muhim masalalardan iborat.

Mamlakatimizning hamma oliy ta’lim muassasalarida bo‘lgani kabi TTA Urganch filialida ham yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotiga etakchilikka nomzodlar ko‘rsatilib, saylov oldidan filialda Ishchi guruh tuzilib, ishlab chiqilgan chora-tadbirlar asosida saylovga puxta hozirlik ko‘rish hamda nomzodlar dasturlarini yoshlar orasida tashviqot qilish ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yildi.

Jumladan, 2017 yilning 23 sentyabr sanasida filialning konferensiyalar zalida filial yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotiga etakchilikka nomzodlar dasturlarining tashviqoti maqsadida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Urganch shahar Kengashi vakili N.Matyakubov, TTA Urganch filiali direktori R.Yu.Ruzibaev, Ma’naviy-ma’rifiy    ishlar   bo‘yicha direktor o‘rinbosari K.R.Yakubov, TTA Urganch filiali yoshlar ittifoqi etakchiligiga nomzodlar – filial Davolash ishi fakulteti Ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.N.Jumaniyazov, Urganch shahridagi 26-son maktab o‘qituvchisi X.A.Djumanazarov, filial Ma’naviyat va ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i E.N.Alimov, fakultet dekanlari, filial professor – o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari va talabalar hamda OAV xodimlari ishtirok qilishdi. Yig‘ilish qaroriga asosan filial yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotiga etakchiligiga saylov kuni 2017 yilning 25 sentyabri soat 8.00 dan soat 18.00 gacha qilib belgilab qo‘yildi va shu kuni, ya’ni saylovdan bir kun oldin filial yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotiga etakchilikka nomzodlar dasturlarining tashviqoti to‘xtatildi.

2017 yil 25 sentyabr kuni soat 8.00 dan filialda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti etakchiligiga saylov jarayoni ko‘tarinki ruhda boshlandi. Saylov komissiyasi (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyat Kengashi vakili M.M.Masharipov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Urganch shahar Kengashi vakili N.Matyakubov,TTA Urganch filiali direktori R.Yu.Ruzibaev, Ma’naviy-ma’rifiy    ishlar   bo‘yicha direktor o‘rinbosari K.R.Yakubov, TTa Urganch filiali talabasi F.I.Ro‘zimatovlar ) tomonidan saylovchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilishi nazoratga olindi. Jumladan, filialning konferensiyalar zalida saylovchilarning yopiq ovoz berishlari uchun kabinalar tashkil qilinib, saylov byulleteni uchun muhrlangan maxsus qutilar o‘rnatildi hamda favqulodda vaziyatlar va yong‘in xavfsizligi choralari ko‘rib qo‘yildi. Shuningdek, saylovda filialning yosh o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari va talabalarining faol ishtiroklari va saylov jarayonini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish ta’minlandi.

Saylov jarayoni 2017 yilning 25 sentyabri soat 15.00 da to‘xtatildi. Saylovdan so‘ng, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali  Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari K.R.Yaqubov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyat Kengashi bo‘lim mudiri I.Q. Qalandarov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Urganch shahar Kengashi  etakchi mutaxassisi X.R.Babajanova, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali davolash fakulteti talabasi E.O‘.Karimov, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali “Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi” uslubchisi U.A. Karimovlar ishtirokida saylov byulletenlari sanab chiqildi va dalolatnoma shaklida rasmiylashtirildi.

Dalolatnomaga asosan, Toshkent tibbiyot akademiyasi  Urganch filiali O‘zbekiston yoshlar ittifoqi  Boshlang‘ich tashkilot Kengashi etakchiligiga  Toshkent tibbiyot  akademiyasi  Urganch  filiali  rahbariyati tomonidan tavsiya etilgan 3 nafar nomzodga  yopiq ovoz orqali  saylov  o‘tkazildi. Saylov qutichasida jami 458 ta ishtirokchining saylagan  byulleteni chiqdi.

Shundan 6 ta byulleten buzilgan. Saylovchilar ovozlari natijasiga ko‘ra:                                       

   1.   Djumanazarov Xasan Alijanovichni yoqlab 314 nafar saylovchi ovoz berdi.

   2.   Jumaniyazov Jasurbek Nazarboevichni yoqlab 102 nafar saylovchi ovoz berdi.

   3.   Alimov Elyorbek Narxanovichni yoqlab 36 nafar saylovchi ovoz berdi.

2017 yil 25 sentyabr kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialidagi boshlang‘ich tashkiloti yoshlar etakchiligiga bo‘lib o‘tgan saylov natijalariga ko‘ra nomzod Urganch shahridagi 26-son maktab o‘qituvchisi  Djumanazarov Xasan Alijanovich 68,5 % bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining filialdagi boshlang‘ich tashkiloti yoshlar etakchiligiga saylandi.

Filialimiz nomidan Djumanazarov Xasan Alijanovichni O‘zbekiston yoshlar ittifoqining filialdagi boshlang‘ich tashkiloti yoshlar etakchiligiga saylanganligi bilan tabriklaymiz va shijoatli yoshlarga boshchilik qilishdek ezgu ish va faoliyatiga zafarlar tilaymiz!

 TTA Urganch filiali

 Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

Download Template Joomla 3.0 free theme.

BIZNING MANZIL

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 220100,

O'zbekiston, Urganch Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel: +99862 224 84 84, Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Ishonch telefoni

Тel: +99(862) 224 83 82 

Har kuni soat 9:00 - 13:00 va 14:00 - 17:00

Shanba kuni soat 9:00 - 13:00  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.