Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

TTA Urganch filialida Nensi M.Gell xonim bilan uchrashub bo’lib o’tdi

2017 yil 7 sentabr kuni TTA Urganch filialining direktori R.Yu.Ruzibayevning taklifi bilan filialimizga AQSh Vermont shtatining Vermont Universitetida Reabilitatsiya bo’limida faoliyat olib boradigan fizik-terapevt, PhD darajasiga ega professor assistenti Nensi M.Gell xonim tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida mehmon o’zining faoliyati to’g’risida batafsil ma’lumot berish maqsadida seminar-trening o’tkazish istagini aytib o’tdi. Soat 10.00 da boshlangan seminar-suhbatda filialimizning ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasining ingliz tili fani o’qituvchilari, boshqa kafedra professor-o’qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi.

Suhbat boshida hurmatli direktorimiz R.Yu.Ruzibayev so’zga chiqib, uning O’zbekistonga tashrifi taassurotlari bilan o’rtoqlashishini so’radi.

Nensi M.Gell xonim O’zbekistoning qadimiy shaharlari bo’lmish Samarqand, Buxoro va Xiva kabi mashxur joylarni ziyorat qilganligi va unda katta taassurot qoldirganligi haqida gapirib o’tdi. So’ngra talabalar va o’qituvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarni berdilar va javob olish maqsadida suhbotdoshlarini qizg’in munozaraga tortdilar.

Nensi M.Gell xonim nafaqat o’zining mamlakatida tibbiyot rivojlanishi haqida, balki bizning davlatimizdagi tibbiyotga bo’lgan e’tibor va talabalar uchun mavjud shart-sharoitlar bilan tanishib, o’z hayratini yashira olmaganligi xususida ham to’xtalib o’tdi. U o’zining nutqi davomida mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalik hukm surayotganligi va hatto kechqurunlari ham bemalol sayrga chiqib, so’lim go’shalarimizdan bahramand bo’lish imkoniyati mavjudligi tahsinlarga loyiq ekanligini alohida ta’kidlab o’tdi.

Mehmon 8 sentabr kuni bo’lib o’tgan 1-kurs talabalarining “Talabalikka bag’ishlov qasamyodi” tantanali marosimida ham ishtirok etdi.

 

 

 

Download Template Joomla 3.0 free theme.

BIZNING MANZIL

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 220100,

O'zbekiston, Urganch Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel: +99862 224 84 84, Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Ishonch telefoni

Тel: +99(862) 224 83 82 

Har kuni soat 9:00 - 13:00 va 14:00 - 17:00

Shanba kuni soat 9:00 - 13:00  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.