Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

“JAHOLATGA QARSHI-MA’RIFAT” SHIORI OSTIDAGI TARG‘IBOT-TADBIRLARI

Tinchlik osoyishtalikni qadrlashga undovchi, jamiyatimizda hukm surayotgan o‘zaro hurmat, xamjihatlik, mehr-oqibat muhitini tarannum etuvchi, jaholatga qarshi ma’rifat g‘oyalarini targ‘ib qilish bugunning muhim

vazifalaridan biri hisoblanadi.

Shu maqsadda joriy yilning 10 iyulidan 26 iyuligacha Urganch shahar hamda Xiva, Xazorasp, Urganch, Gurlan tumanlarining bir qator mahallalarida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash, yoshlarning intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularni ma’naviy va jismoniy kamol toptirishga qaratilgan “Jaholatga qarshi-ma’rifat” shiori ostida targ‘ibot-tadbirlari tashkil etildi.

Xududlardagi davlat va jamoat tashkilotlari, mahalla fuqarolar yig‘inlarida, ta’lim muassasalarida ekstremizm, missionerlik, “ommaviy madaniyat” bilan bog‘liq tahdidlarning oldini olishga qaratilgan “Diniy ekstremizm va terrorizm-jamiyat taraqqiyotiga tahdid”, “Islom terrorizmga qarshi” mavzularida tashkil etilgan davra suhbatlarida Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Davolash va Pediatriya fakultetlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari J.N.Jumaniyazov va I.B.Salayev hamda Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi katta o‘qituvchilari N.A.Xudaykulova va F.E.Atajanovalar faol ishtirok qilishdi.

Tadbirlarning asosiy ishtirokchilari bo‘lgan nuroniy otaxon va onaxonlar, vaqtincha ishsiz, uyushmagan yoshlar hamda ayollar bilan bo‘lgan davra suhbatlarida yurtimizdagi oilalarni mustahkamlash va ulardagi yoshlar tarbiyasi, tinch-osuda hayotimiz hamda muqaddas dinimiz pokligini asrash bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi bo‘lmish farzandlarimiz kelajagi uchun g‘oyat muhim masala ekanligi ta’kidlab o‘tildi. Shu bilan bir qatorda, ma’ruzalarda ayrim oilalardagi nosog‘lom muhit, e’tiborsizlik, nazoratsizlik va boshqa sabablar oqibatida yoshlar orasida turli xil yot g‘oya va illatlar ta’siriga tushib, jinoyat olamiga kirib qolish holatlari uchrayotganligi afsuski achinarli holat ekanligiga alohida urg‘u berildi.

 Shuningdek, targ‘ibot tadbirlarida mustaqilligimizning 26 yilligini munosib

kutib olish, tinch va osuda hayotimizning asoschisi, O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida qaror topishi va mustahkamlanishi, yurtimizda va butun dunyoda tinchlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik, o‘zaro birodarlik kabi ezgu g‘oyalar tarafdori bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov hayoti va faoliyati haqida ham to‘xtalib o‘tildi.

Targ‘ibot tadbirlari doirasida yoshlarni sog‘lom turmush tarziga keng jalb qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida mahallalardagi yoshlar o‘rtasida “Futbolimiz kelajagi”, “Mahallamiz pahlavonlari”, “Shaxmat-shashka” va boshqa sport musoboqalari tashkil qilinib, g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi. Shuningdek, vohamiz yosh estrada xonandalarining konsertlari va mavzularga doir videofilmlar namoyishi tadbir ishtirokchilarga o‘zgacha zavq ulashdi.

Shu bilan bir qatorda, tadbirlar davomida mamlakatimizning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, aholi, ayniqsa yoshlar orasida keng targ‘ib qilish, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini kuchaytirish maqsadida Xiva shahrida joylashgan tarixiy obida va qadamjolarga sayohatlar uyushtirildi.

Bunday targ‘ibot tadbirlarining o‘tkazilishi yurtimiz yoshlarini turli zararli va yot g‘oyalardan asrash, ularning ma’naviy va jismoniy jihatdan komil va barkamol shaxs sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

 

 

TTA Urganch filiali

Targ‘ibot guruhi

Download Template Joomla 3.0 free theme.

BIZNING MANZIL

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 220100,

O'zbekiston, Urganch Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel: +99862 224 84 84, Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Ishonch telefoni

Тel: +99(862) 224 83 82 

Har kuni soat 9:00 - 13:00 va 14:00 - 17:00

Shanba kuni soat 9:00 - 13:00  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.