Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Mangulikka dahldor hofiz

O’zbek san’ati shunday chamanzorki, uning bo’stonida bir – biriga o’xshamaydigan, bir – birini takrorlamaydigan dilbar san’atkorlar juda ko’p.

   Ana shunday ijodkorlardan biri o’zbek san’atining o’chmas va porloq yulduzi, O’zbekiston xalq artisti Komiljon Otaniyozovdir. 

   Buyuk san’atkor tavalludining 100 yilligi munosabati bilan 2017 yilning 17 iyulida TTA Urganch filialida “Ustozga ehtirom” mavzusida tadbir tashkil etildi. “O’zbekiston xalq artisti Komiljon Otaniyozov yaratganulkan ijodiy uslubni yoshlar orasida keng targ’ib qilish, uning boy madaniy merosiga ehtirom ko’rsatish, ustoz kuylagan ashula va qo’shiqlarni yosh avlod o’rtasida ommalashtirish buyuk hofizga, o’zbek san’atiga bo’lgan ehtirom ifodasidir.” – deya ta’kidladi, filial Ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari K.Yaqubov. Chindan ham, Komiljon Otaniyozov nihoyatda jozibali va kuchli ovoz sohibi bo’lib, har bir asar talqinida badiiy yetuklikka erishgan. Doston yo’llarini Bola baxshi Abdullaevdan, Xorazm maqom ashula yo’llarini Matpano Xudoyberganovdan o’rgangan.Buyuk san’atkor Xorazm lazgisi, maqom, doston va xalq qo’shiqlarining mohir ijrochisi, o’zbek milliy mumtoz qo’shiqchilik san’atida o’ziga xos ijrochilik maktabini yaratgan, betakror xonishlari bilan o’zbek san’ati va madaniyatiga katta hissa qo’shgan bastakor sifatida ham ko’plab g’azal va muxammaslarga kuy bastalab, o’zbek mumtoz ashulachilik san’ati uchun boy meros qoldirgan. U jozibali va kuchli ovozi bilan har bir asar talqinida tinglovchining qalbini larzaga solgan buyuk ijodkordir.   

   Tadbirda ulug’ hofiz ijodiga bag’ishlangan film namoyish etildi. Tadbir yig’ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Buyuk ustoz ijodkor Komiljon Otaniyozov  xotirasi bugun mangulikka dahldordir. U kuylagan qo’shiqlar esa inson ma’naviy olamini boyitishda, qolaversa, yoshlar tarbiyasidagi o’rni nihoyatda muhimdir. Shunday ekan, Komiljon Otaniyozov ijod va ijro mahorati o’zbek san’ati xazinasidan aslo o’chmaydi. 

“Manaviyat – marifat” va iqtidorli

 yoshlar bilan ishlash bo’limi 

Download Template Joomla 3.0 free theme.

BIZNING MANZIL

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 220100,

O'zbekiston, Urganch Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel: +99862 224 84 84, Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Ishonch telefoni

Тel: +99(862) 224 83 82 

Har kuni soat 9:00 - 13:00 va 14:00 - 17:00

Shanba kuni soat 9:00 - 13:00  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.