Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Yoshlar — kelajak bunyodkori

2017 yil 30 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev ishtirokida bo‘lib o‘tgan “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida yoshlar hayotida tub burilish yasadi.

Qurultoyda tashkil etilgan “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi”   faoliyatining asosiy maqsadi ham yurtimizda har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, xalq manfaati yo‘lida bor salohiyatini safarbar qiladigan, shijoatli yoshlarni tarbiyalash, ularni turli zararli illat va yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish kabi muhim masalalardan iborat.

2017 yilning 24 iyul sanasida TTA Urganch filialida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati Kengashining tashkiliy majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati Kengashining rais o‘rinbosari S.M.Palvanov, TTA Urganch filiali Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari K.R.Yakubov, Ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari R.B.Abdullaev, kollej va akademik litseylar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.G‘.Bekchanov, Ma’naviyat va ma’rifat, iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi xodimlari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, talabalar va ommaviy-axborot vositalari xodimlari ishtirok qilishdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati Kengashining rais o‘rinbosari S.M.Palvanov, TTA Urganch filiali Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari K.R.Yakubov, Ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari R.B.Abdullaev, kollej va akademik litseylar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.G‘.Bekchanov va filialning iqtidorli talabalari so‘zga chiqishib, Prezidentimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan e’tibor, ular uchun yaratib berilgan keng imkoniyatlar haqida, yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini tubdan isloh etish bu borada keng jamoatchilik, avvalo, yoshlar vakillarining taklif va mulohazalarini e’tiborga olish muhimligi, shu borada mazkur sohadagi faoliyatni tubdan takomillashtirish maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonuni bugungi davr talablariga mos ravishda har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, xalq manfaati yo‘lida bor salohiyatini safarbar qiladigan, shijoatli yoshlarni tarbiyalash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun mustahkam huquqiy poydevor ekanligi xususida to‘xtalib o‘tishdi. 

Shundan so‘ng, so‘zga chiqqanlar nutqida ta’kidlandiki, yurtimizda zamon talablariga mos ravishda faoliyat yuritadigan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tashkil etilishi va kelajagimiz egalariga yuksak ishonch bildirilgani xorazmlik yigit-qizlarning ham ishtiyoqini, g‘ayrat-shijoatini yanada oshirib yubordi. Shu bilan birga, ulardagi Vatanga daxldorlik  mas’uliyatini yanada mustahkamladi. Binobarin, bugun vohada ming-minglab navqiron avlod vakillari ijtimoiy-iqtisodiy hayotning turli yo‘nalishlarida faol ishtirok etmoqda, zamonaviy ta’lim muassasalarida qunt bilan o‘qib-o‘rganayapti.

Yig‘ilish talaba-yoshlarning faol ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

TTA Urganch filiali

 Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

Download Template Joomla 3.0 free theme.

BIZNING MANZIL

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 220100,

O'zbekiston, Urganch Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel: +99862 224 84 84, Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Ishonch telefoni

Тel: +99(862) 224 83 82 

Har kuni soat 9:00 - 13:00 va 14:00 - 17:00

Shanba kuni soat 9:00 - 13:00  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.