+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

2021-YIL TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI URGANCh FILIALI NIGOHIDA

Yil sarhisobi: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida 2021-yil davomida erishilgan yutuq va o‘zgarishlar

 

Tarix zarvaraqlaridan joy olgan 2021-yil davomida Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida aytishga va o‘z o‘rnida ko‘z-ko‘z qilishga arzigulik o‘zgarishlar qilindi, bir qator yutuq va muvafaqqiyatlarga erishildi.

 

Jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali huzuridagi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.04/30.09.2020.Tib. 123.01. raqamli (14.00.05 – Ichki kasalliklar ixtisosligi bo‘yicha) Ilmiy Kengash majlisida ilk marotaba dissertatsiya himoyasi o‘tkazildi.

 

Filialining 27 nafar doktorant, mustaqil izlanuvchi va o‘qituvchilari falsafa doktori dissertatsiyalarini himoya qildilar.

 

Fililga Rossiyada ishlab chiqarilgan “Pirogov” anatomik interaktiv stoli olib kelindi.

 

TTA Urganch filiali klinikasida Respublika Ilmiy-Ixtisoslashgan Allergologiya Markazining Xorazm mintaqaviy filiali tashkil etildi.

 

Yil davomida “Morfologiyaning COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq dolzarb muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman, “Farmakologiya va farmakoterapiyaning dolzarb muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi. Bunga qo‘shimcha ravishda “Giyohvandlikni davolashni rivojlantirishda muammolar va istiqbollar” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman, Fribourg universiteti va Fribourg kantonal kasalxonasi (Shveytsariya) bilan hamkorlikda “Ginekologik laparoskopik operasiyalarda spinal anesteziyaning qo‘llanilishi” mavzusida Xalqaro anjuman, Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan Xorazm viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda TTA Urganch filiali bilan hamkorlikda “Onalik va bolalikni muhofaza qilish, ginekologik yordam sifatini oshirish” mavzusida ilmiy-amaliy anjumani tashkil qilindi.

 

Sog‘liqni saqlash, tibbiyot, ta’lim va fan sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida Xorazm viloyat hokimligi, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali, “Asl Pharma” MCHJ, Hindistonning “BLOOMPHASE SERVICES” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

 

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 6 nafar professor-o‘qituvchilari “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar. Shuningdek, 2 nafar professor-o‘qituvchilar “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni, 4 nafar professor-o‘qituvchilar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Faxriy yorlig‘ihamda 1 nafar xodimi Xorazm viloyat hokimligining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandilar.

 

Iqtidorli talabalarimizdan 7 nafari “Лучший молодой ученый СНГ– 2021” xalqaro ko‘rik-tanlovida ishtirok etib, “Yosh olim – 2021” medali, xalqaro darajadagi diplom, ilmiy maqola to‘plami va ilmiy rahbariga tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.

 

Bundan tashqari, Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida “Stomatologiya” bo‘yicha o‘tkazilgan onlayn Xalqaro olimpiadada, “Ibn Sino izdoshlari” nomli onlayn Xalqaro fan olimpiadasida, Samarqand shahrida o‘tkazilgan “Samarkand – 2020” II xalqaro fan olimpiadasida, Toshkent tibbiyot akademiyasida bo‘lib o‘tgan “Tibbiyot mohirlari” amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha xalqaro olimpiadada hamda boshqa bir qator xalqaro va respublika miqyosidagi ko‘rik-tanlovlarda talablarimiz yuqori natijalarga erishishdi.

 

Navoiylik filial talabasi Quanish Yerejepbayevning nomzodi Navoiy viloyati yoshlarining Top-100 taligi reytingidan joy oldi. U Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqorg‘i Kengesi hamda Yoshlar ishlari Agentligi tomonidan har yili o‘tkazilib kelinayotgan, jamiyatning eng faol va tashabbuskor insonlarini taqdirlash uchun “XOSHAMET” marosimida qatnashib, “Yilning eng faol yoshi” nominatsiyasi bo‘yicha Joqorg‘i Kenges Komiteti boshlig‘i tomonidan taqdirlandi.

 

Filial iqtidorli talabalaridan Ozod Rashidov Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan SHOTOKAN KARATE – DO bo‘yicha “O‘zbekiston chyempionati” musobaqasida Xorazm terma jamoasi safida ishtirok etib, kattalar o‘rtasida yakka tartibda 75 kg dan og‘ir vaznda 2-o‘rin, jamoaviy bahsda 3-o‘rin sohibi bo‘ldi.

 

Filial 6-bosqich talabasi S.S. Jumaniyazov “Abu Ali ibn Sino” nomidagi Davlat stipendiyasi hamda 5-bosqich talabasi D.D. Yusupov “Islom Karimov” nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori bo‘lishdi.

 

“Talabalar teatr studiyasi” festivalining hududiy saralash bosqichida TTA Urganch filiali “Ko‘zmunchoq” jamoasi faol ishtirok etib, Buxoro shahrida bo‘lib o‘tadigan mintaqaviy bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Ushbu bosqichda filial jamoasi mutloq g‘olib deb topilib, finalga yo‘l oldi va respublika OTM dan 7 ta jamoa ishtirok etgan final bosqichida 3-o‘rinni egallashdi.

 

“2020-yilga eng yaxshi 20 ta startap loyihalari” hamda “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” loyihalarida 1 nafar dotsent, 1 nafar tyutor va 4 nafar talabalarning loyihalari muvaffaqiyatli deb topilib, pul mablag‘lari, maxsus diplom va sertifikatlar bilan mukofotlandi.

 

2021-yil davomida 7 nafar xorijiy mamlakatlarning elchixonasi vakillari tashrifi doirasida mavjud hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va kengaytirish borasida samarali muzokaralar olib borildi. Xorijiy va mahalliy oliy ta’lim muassasalarining 10 dan ortiq professor, mutaxassislari tomonidan turli mavzularda seminar va ma’ruzalar tashkil qilindi.

 

1-3


1


3


4


5


5


5Q4A0569


5Q4A0744


5Q4A0748


5Q4A0983


5Q4A1041


5Q4A1235


5Q4A1250


5Q4A1296


5Q4A1444


5Q4A1453


5Q4A1463


5Q4A1495


5Q4A1528


5Q4A1532


5Q4A1536


5Q4A1650


5Q4A1923


5Q4A2448


5Q4A2631


5Q4A2688


5Q4A2697


5Q4A3171


5Q4A3255


5Q4A3294


5Q4A3308


5Q4A3534


5Q4A3752


5Q4A4692


5Q4A4695


5Q4A4702


5Q4A4740


5Q4A4775


5Q4A4825


5Q4A5233


5Q4A5271


5Q4A5416


5Q4A5444 5Q4A5452


5Q4A5699


5Q4A5724


5Q4A5728


5Q4A5736


5Q4A5796


5Q4A5921


5Q4A6090


5Q4A6780


5Q4A7001


5Q4A7154


5Q4A7784


5Q4A8072


5Q4A8992


5Q4A9245


5Q4A9319


5Q4A9333


5Q4A9350


5Q4A9714


5Q4A9715


12


14


15


16


18


photo-2021-04-16-13-43-07


photo-2021-10-14-16-49-42


photo-2021-11-08-17-48-08


photo-2021-11-10-09-18-10


photo-2021-11-10-15-17-55


photo-2021-11-10-15-17-58


photo-2021-11-10-15-18-46


photo-2021-11-10-15-18-48


photo-2021-11-10-15-19-07


photo-2021-11-16-16-41-16


photo-2021-11-20-16-16-52

photo-2021-12-04-18-08-36


photo-2021-12-04-18-08-41


photo-2021-12-04-18-08-42


photo-2021-12-04-18-08-43


photo-2021-12-04-18-08-44


photo-2021-12-04-18-15-47


photo-2021-12-16-16-27-59


photo-2021-12-20-15-35-12


photo-2021-12-24-11-06-02

TTA Urganch filiali matbuot xizmati

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.