+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

TTA Urganch filialida navbatdagi 6-sonli filial Kengash majlisi bo‘lib o‘tdi

Filial Kengashi kun tartibida “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” yili Davlat dasturi asosida filialda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidaYoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari I.S. Yusupov hisoboti, “Turkiya Respublikasiga xizmat safari” to‘g‘risida O‘quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.S. Yo‘ldashev axboroti, “Xorazm viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot Markazi hududida talabalar uchun qo‘shimcha o‘quv binosi qurish ishlari” xususida Ishlar boshqarmasi boshlig‘i A.R. Sapayev ma’lumoti, “Ilmiy-tadqiqot mavzularini tasdiqlash” yuzasidan Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i N.M. Xadjiyeva axoborlari hamda turli masalalar ko‘rib chiqildi.

 

Kengash yig‘ilishi davomida “Umumiy jarrohlik” kafedrasi katta o‘qituvchi Q.Q. Egamberdiyev, “Nefrologiya, gemodializ travmatologiya va ortopediya” kafedrasi o‘qituvchisi A.O. Xaitov, “Fiziologiya va patologik fiziologiya” kafedrasi o‘qituvchisiU.B.Yaqubova, “Bolalar jarrohligi, anesteziologiya va reanimatologiya” kafedrasi o‘qituvchisiJ.E. Avazmetovlarga tibbiyot fanlari bo‘yicha (PhD) ilmiy daraja diplomi tantanali ravishda topshirildi.

 

Bundan tashqari, “Yoshlar kelajak bunyodkori” shiori ostidagi “Talabalar teatr studiyalari” festivalining respublika final bosqichida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritganliklari uchun “Ko‘zmunchoq” talabalar teatr studiyasi rahbari J.N. Jumaniyazov hamda rejissyori J.I. Satiboldiyevga, shuningdek, “Ustoz va murabbiylar kuni” mavzusida tashkil etilgan onlayn-audio-video va she’rlar tanlovida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan A.R. Abdulxapizov, “Men diniy ekstremizm va terrorizmni qanday tushunaman?”, “O‘zbekistonlik ekanligimdan faxrlanaman” mavzularida o‘tkazilgan “Eng yaxshi maqola” ko‘rik-tanlovida 2-o‘rinni egallagan D.Omonovalarga diplom va esdalik sovg’alari topshirilib, filial Kengashi raisi va a’zolari tomonidan samimiy qutlandi.

 

Shuningdek, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i N.M. Xadjiyeva 55 yosh tavallud ayyomi munosabati bilan Kengash raisi va uning a’zolari tomonidan samimiy muborakbod etilib, filial ma’muriyati nomidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

5Q4A1973


5Q4A1982


5Q4A1997


5Q4A1999


5Q4A2002


5Q4A2006


5Q4A2008


5Q4A2010


5Q4A2017

TTA Urganch filiali matbuot xizmati

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.