+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

TTA Urganch filialida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida tadbirlar tashkil etilmoqda

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” Demokratik partiyasi bilan hamkorlikda 2021-yilning 6-aprel sanasi “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Amir Temur tavalludining 685 yilligi munosabati bilan “Kuch adolatda” mavzusida tadbir hamda “Kitob-mening do‘stimsan!”, “Kitob benazir xazina” shiori ostida yangi nashrdan chiqqan kitoblar taqdimoti o‘tkazildi.

 

Tadbirda O‘zMTDP Xorazm viloyat Kengashi raisi R.R.Ruzmetov, O‘zMTDP Xorazm viloyat Kengashi raisi birinchi o‘rinbosari G’.R.Yusupov, Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati, filial Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari R.B.Abdullayev, “Jamoat salomatligi va ijtimoiy gigena” kafedrasi mudiri, t.f.d., professor I.Q.Abdullayev, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Z.Q.Abidova, fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari hamda talabalar ishtirok etdilar.

 

Tadbir davomida I.Q.Abdullayev “Temuriylar davrida tibbiyot”, Z.Q.Abidova “Temuriylar davri madaniyati” mavzusida ma’ruza qildi. Shuningdek, buyuk sarkardaning saltanatni boshqarish mahorati, ilm-fan va madaniyatning, harbiy sohaning rivojlanishida Amir Temurning o‘rni, jang san’ati usullari haqida atroflicha fikr almashildi.

 

Buyuk Sohibqiron va undan keyingi temuriylar davrida yuz bergan yuksalishlarni chuqur o‘qib o‘rganish biz, yoshlarning vatanparvarlik hissimizni yanada mustahkamlashga, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmatimizni oshirishga xizmat qiladi.


1


2


3


4


5


6


7

TTA Urganch filiali matbuot xizmati

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.