Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.
TTA Urganch filialida “O’zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida “Kitobxonlik haftaligi” ochilishi o’tkazildi
- Detallar
- Yangiliklar kategoriyasi
- 62 marta ko'rildi:
2021-yilning 2-aprel sanasi TTA Urganch filiali Axborot resurs markazida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to’g’risida”gi 2020-yil 14-dekabrdagi 781-sonli qaroriga muvofiq “O’zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida “Kitobxonlik haftaligi” ochilishi o’tkazildi.
Mazkur tadbirda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir va adib I.Ollaberganov, “Xorazm yoshlari” gazetasi muharriri, shoir Erpo’lat Baxt (Ermatov Po’lat Baxtiyor o’g’li), filial Axborot-resurs markazi direktori Sh.J.Sultanova, “Davolash” fakulteti dekani O.O.Masharipov va dekan o’rinbosari J.N.Jumaniyazov va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida I.Ollaberganov “Bilimli avlod – buyuk kelajak kafolatidir” mavzusida nutq so’zladi va badiiy asarlar hamda she’rlardan namunalar o’qib berdi. Shuningdek, tadbir qahramonlari hayotda baxtga, yuksak e’tirof va odamlar mehriga erishmoq uchun kitobga do’st bo’lmoq kerakligini alohida ta’kidlab o’tishdi.
Tadbir so’ngida shoirlar bir qator mualliflik kitoblarini Axborot-resurs markazi fondiga taqdim etishdi hamda samimiy va ijodiy muloqot davomida faol bo’lgan talabalarga badiiy kitoblarni tuhfa qilishdi. Ulashilgan kitoblar uchun, eng asosiysi tashrif uchun axborot-resurs markazi direktori Sh.J.Sultanova mehmonlarga minnatdorchilik bildirib, barchalariga ijodiy parvoz tiladi.
TTA Urganch filiali matbuot xizmati