Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Samarqand davlat universitetining AXBOROT XATI
- Detallar
- Yangiliklar kategoriyasi
- 55 marta ko'rildi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4307-sonli Qarori hamda joriy yil 19-yanvar kuni o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” g‘oyasi asosida mamlakatimizda targ‘ibot-tashviqot ishlarni tizimli tashkil etish, shuningdek, jamiyat hayotining ma’naviy asoslarini mustahkamlash, buyuk ajdodlarimizning bebaho merosini o‘rganish va yoshlar orasida keng targ‘ib etish maqsadida “Yangi O‘zbekiston – yangi Renessans sari!” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazish rejalashtirilgan.
Ushbu konferensiyada Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqimizning boy ilmiy-madaniy merosi, mamlakatimizda ilm-fan, san’at va madaniyat sohalarida erishilayotgan yutuqlar, aholi, ayniqsa, yoshlarda yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, milliy qadriyatlar va an’analarni asrab avaylash va keng targ‘ib etishning ilmiy-amaliy masalalari muhokama qilinadi.
Konferensiya 2021-yil 5-avgust kuni Samarqand viloyati, Samarqand davlat universitetida o‘tkaziladi.
Konferensiya maqolalari 2021-yil 10-may kuniga qadar qabul qilinadi.
Konferensiyaning ishchi tillari: o‘zbek, rus, ingliz, qoraqalpoq.
TTA Urganch filiali matbuot xizmati