+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

“Jaholatga qarshi – ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv

2021-yilning 29-mart sanasida Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida “Jaholatga qarshi – ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o’tkazildi.

 

Unda O’zbekiston Musulmonlar idorasi Хоrazm viloyat Bosh imom-X.Abdullayev, Xorazm viloyati Davlat xavfsizlik xizmati vakili O.Qilichev, Xorazm viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi tezkor vakili E.Safayev hamda filial rahbariyati va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

 

So’zga chiqqan ma’ruzachilar tomonidan “Jaholatga qarshi – ma’rifat” degan ezgu g‘oya asosida islom dinining insonparvarlik mohiyatini, tinchlik va do‘stlik kabi oliyjanob maqsadlarga xizmat qilishini targ‘ib etish kun tartibimizdagi doimiy masalalardan biri ekanligi ta’kidlandi.

 

Mamlakat taraqqiyoti avvalo yoshlarga, ularga qanday ta’lim-tarbiya berilayotganiga bog‘liq ekanligi hamda jamiyatda ota-onalarning rolini oshirish bilan birga yoshlarimizning huquqiy madaniyati va huquqiy qarashlarini yuksaltirishga, shuningdek, qonunga itoatkorlik xulqini shakllantirishga qaratilgan tarbiyaviy va tashkiliy xususiyatga ega bo‘lgan keskin choralar ko‘rish, huquqbuzarliklarning oldini olishda fuqarolarning ishtirokini ta’minlash zarurligi aytildi.

 

 “Jaholatga qarshi ma’rifat” kabi ulug‘vor g‘oyani shior qilib yurt tinchligi va taraqqiyotida yoshlarimiz o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lishi va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar asosan kelajak barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilayotgani, qolaversa, yoshlarning ilm-ma’rifat va ma’naviy-ahloqiy mezonini yuksaltirish, talaba-yoshlar o‘rtasida turli huquqbuzarlik, jinoyatchilikni oldini olish, ijtimoiy tarmoq va internet jahon axborot tizimidan to‘g‘ri maqsadlarda foydalanish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri ekanligiga alohida urg’u berib o’tildi.


IMG-4828


IMG-4829


IMG-4830


IMG-4831


IMG-4832

TTA Urganch filiali matbuot xizmati

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.