+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Filial direktori kafedra mudirlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

2021-yilning 26-mart sanasi Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali direktori R.Y.Ruzibayev direktor o‘rinbosarlari, fakultet dekanlari ishtirokida barcha kafedra mudirlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Uchrashuvda Xorazm viloyati prokuraturasi, viloyat hokimligi va Sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda tuzilgan “Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimida “Onalik va bolalikni muhofaza qilish”ga oid belgilangan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qo‘shma qaror mazmun-mohiyati ochib berilib, belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar ijrosini ta’minlash masalalari yuzasidan tushuntirish va topshiriqlar berildi.

 

Shuningdek, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, sihat-salomatligini asrash, ularning jamiyatda munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashish, oila, nikoh munosabatlarini tartibga solish borasidagi ishlar tizimli ravishda olib borilishida ta’lim dargohining hamda tibbiyot sohasining vakili sifatida munosib hissa qo‘shish professor-o‘qituvchilarning asosiy vazifalaridan biri ekanligi ta’kidlandi.

 

Dars jarayonida talabalarga odob-axloq qoidalari haqida tushuntirishlar berib borish va ularda madaniyat tushunchasini yanada yuksaltirish borasida tavsiyalar berildi.

 

Bundan tashqari, filial nuzufi monografiya va SCOPUS bazasida qayd qilingan jurnallarda chop qilinganligi bilan ham belgilanishi va har bir kafedra mudiri kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan bajarilgan va qilinayotgan ilmiy-tadqiqot ishlaridan kelib chiqib, maslahatlashgan holda o‘zining rejasini (yo‘l xaritasini) tuzib, imzolab topshirishlari lozimligi aytildi.


1


2


3

TTA Urganch filiali matbuot xizmati

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.