+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Iqtidorli talabalar bilan direktor uchrashuvi

2021-yilning 26-mart sanasi TTA Urganch filiali direktori R.Y.Ruzibayev  yoshlarning ilm egallashga bo‘lgan ishtiyoqi va intellektual salohiyati, qiziqishlarini oshirish, shuningdek, xalqaro maydonda mamlakatimizning nufuzini yanada yuksaltirish uchun ularning tashabbuslari, ilmiy g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ilm-fanni o‘zlashtirishga bo‘lgan rag‘batini oshirish, izlanuvchanlik va yaratuvchanlik faoliyatiga keng jalb qilish maqsadida filial iqtidorli talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Unda Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish sektori boshlig‘i I.Z.Sultanov, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti filial yetakchisi F.I.Ro‘zimatov, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari E.N.Alimov, J.N.Jumaniyazovlar ishtirok etdi.

 

Uchrashuv davomida talabalarning shu kunga qadar erishgan yutuqlari, iqtidor va iste’dodlaridan kelib chiqib Prezident tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida filial binosida “Iqtidorli yoshlar” burchaklari tashkil etilishi rejalashtirilayotgani, ushbu burchaklarda aynan mazkur yoshlarning muvaffaqiyatlari aks ettirilishi xususida so‘z bordi. Bundan tashqari, direktor farzandlariga munosib tarbiya bergan va doimiy faol bo‘lishlarida ko‘maklashgan ota-onalarga minnatdorchilik xati bildirilishini, bu esa, o‘z navbatida ota-onalar uchun eng qimmatbaho sovg‘a bo‘lishini ta’kidladi.

 

Uchrashuv yakunida “Uchinchi renessans – yoshlar nigohida” respublika tanlovining filial bosqichi g‘oliblari filial magistraturasining “Akusherlik va ginekologiya” yo‘nalishi 1-bosqich magistranti M.Alimova, filial Klinik-ordinaturasining “Travmatologiya va ortopediya” yo‘nalishi 2-bosqich ordinatori F.Ro‘zimatov, “Tibbiy profilaktika, Sog‘liqni saqlashni boshqarish va xorijiy talabalar” fakulteti 4-bosqich talabasi R.Ubaydullolar diplom bilan taqdirlandilar.


1


2


3


4


5


6

TTA Urganch filiali matbuot xizmati

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.