Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.
Filial direktori qo’shma ta’lim dasturi asosida ta’lim olayotgan talabalar va ularning ota-onalari bilan uchrashdi
- Detallar
- Yangiliklar kategoriyasi
- 57 marta ko'rildi:
2021-yilning 19-fevral sanasi Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali direktori R.Y.Ruzibayev Rossiya Federatsiyasi Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo’shma ta’lim dasturi asosida ta’lim olayotgan 2-bosqich talabalar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o’tkazdi.
Uchrashuvda talabalarning ta’lim olish jarayonidagi yutuq va kamchiliklari, maqsad va vazifalari yuzasidan tushuntirishlar berilib, qo’shma dastur asosida ta’lim olayotgan mazkur talabalardan ham tibbiyot sohasida ham til mukammaligi bo’yicha ustunlikga ega bo’lish talab qilinishi alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, filialdagi 3 yillik ta’limdan so’ng Rossiya Federatsiyasi Privoljsk tadqiqot tibbiyot universitetida ta’limni davom ettirishlari kutilayotganligi ushbu talabalar qo’shma ta’lim dasturining birinchi qaldirg’ochlari bo’lishiga urg’u berib o’tildi.
Ochiq muloqot tarzida kechgan uchrashuvda ota-onalar o’z fikr mulohazalarini bildirish bilan bir qatorda talabalarning bo’sh vaqtini yanada mazmunli tashkil etish borasidagi takliflarini ham bildirishdi.
TTA Urganch filiali Matbuot xizmati