Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.
TTA Urganch filialiga Hindistonning (ShHT MATT) dagi maslahatchisi va doimiy vakili janob Bhargav Mitra tashrif buyurdi
- Detallar
- Yangiliklar kategoriyasi
- 51 marta ko'rildi:
2021-yilning 17-fevral sanasi Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialiga Hindistonning Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (ShHT MATT) dagi maslahatchisi va doimiy vakili janob Bhargav Mitra tashrif buyurdi.
Kunning birinchi yarmida janob Bhargav Mitra filial rahbariyati bilan uchrashib, o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash yuzasidan suhbat o‘tkazdi.
Kunning ikkinchi yarmida esa, barcha Hindistonlik talabalar bilan suhbatlashib, talabalarning o‘quv va amaliyot mashg‘ulotlari qay darajada olib borilishi, ularning mustaqil izlanishlari hamda qulay sharoitda istiqomat qilishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar xususida talabalarning fikrlari bilan qiziqdi. Shuningdek, talabalar ta’lim olish jarayonida doimiy faol bo‘lishi va o‘z oldiga qo‘yilgan maqsad sari olg‘a intilishdan to‘xtamasligi darkorligini ta’kidladi.
Tashrifning ertasi kuni, 18-fevral sanasi janob Bhargav Mitra filial o‘quv binosida joylashgan kafedralarda bo‘lib, o‘quv xonalari, kutubxona, ma’ruzalar va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar uchun ajratilgan zallar, sport zal, yotoqxona va oshxona sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, janob Bhargav Mitra tanishuv jarayonida talaba-yoshlar bilan do‘stona suhbatda bo‘lib, ularga o‘zining hayotiy tajriba va bilim mahoratidan kelib chiqib maslahatlar berib o‘tdi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, filial binosida talabalar ijodi namunalari asosida tashkil etilgan rasmlar ko‘rgazmasi namoyishi chog‘ida O‘zbekistonlik talaba Xaitboyeva Xilola Hindiston Respublikasi Davlat madhiyasini ijro qilib berdi va bundan ta’sirlangan janob Bhargav Mitrada talaba juda katta taassurot qoldirdi.
TTA Urganch filiali Matbuot xizmati