+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish ustuvor vazifa

2021-yilning 17-fevral sanasi Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 19- yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib, UrDU, TATU hamda TTA UF rahbariyati, OAV vakillari, blogerlar va talabalar ishtirokida “Oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi oshirish masalalari” mavzusida Matbuot anjumani o‘tkazildi.

 

1


 

2


Anjumanda Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi Prezident ekani belgilab qo‘yilganligi, Kengashning hududiy bo‘limlariga mas’ullik hokimlar zimmasiga yuklatilganligi, Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasi, O‘zbekiston yoshlarining birinchi forumi hamda Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida ma’naviyat yo‘nalishidagi dolzarb vazifalar belgilab berganliklari to‘g‘risida ma’ruzalar qilindi.

 

5


 

4


 

6


 

3


7

 

Shuningdek, anjumanda so‘zga chiqqanlar Davlatimiz rahbari tomonidan maktablar, o‘rta maxsus va oliy ta’lim dargohlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar belgilab

berilganligini ta’kidlab, bu o‘zgarishlar ma’naviy-ma’rifiy ishlarni davlatimiz siyosatida yanada yuksak o‘ringa ko‘targanini aytib o‘tdilar.

Matbuot anjumani ochiq muloqot tarzida o‘tib, ishtirokchilarning taklif va tashabbuslari tinglandi. Ular o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

 

TTA Urganch filiali Matbuot xizmati

 

 

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.